Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Onlinedagilar: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Bearmon suzdim men ummon bag’rida,
Zerikkan chog’imda nabiralar do’st.
Olis Amriqoning chet bir shahrida,
Xayr – xo’sh qilaman sen bilan, Avgust.
Mevalar g’arq pishgan yurtimda hozir,
Kunduz jazirama, salqindir tunlar.
Ishkomlar hosilin ko’targay bazo’r,
Tugab ketgandir ham gurvak qovunlar.
Men bugun musofir, sargashta sayyoh,
Balki qumloqlarga singmish so’zlarim.
Sen ham sog’indingmi, ey ona dargoh,
Meni kutgaysizmi, xumor ko’zlarim.
...
Читать дальше »
|
Usmon shoir, yosh bo’lsang ham
Qo’llab yubor,
Baxshiyona she’rga meni
Yo’llab yubor.
Bu dunyoda nima ko’pdir –
Tashbeh ko’pdir,
Ajabtovur obrazlarni
Mo’llab yubor.
Ba’zi birov, senu menga
Qumsan deydi,
Men gapiray, o’tiraber,
Jimsan deydi.
Ustozni-ku nazar-pisand
Qilmas ular,
O’rni kelsa, otasiga
Kimsan, deydi.
Yo’lda nogoh uchrab qolsa
Biror rahbar,
Sodiq itday ergashadi
Balxga qadar.
Kerak bo’lsa, kuzatadi
Hammomgacha,
Tiz cho’kadi, buyrug’ini
...
Читать дальше »
|
Balki insondirsan oddiy va kamtar,
Balki sarkardasan — janglarda hodiy.
Birovni yakkalab, kamsitsang agar,
La’natlar ayturman senga abadiy.
Bilib qo’y, Allohning keng dargohida
Shafqat bo’lmagaydir kibrga aslo.
Joying jahannamning tubi -chohida,
Hatto, Iblisga u ko’rilmas ravo.
Goh hayron qolaman dunyoga qarab,
Tavba, deb yoqamni ushlayman bot-bot.
Bir umr malomat komida yashab,
O’zgarib qolmagan nechuk odamzod?
<
...
Читать дальше »
|
Ikki guruh bordir asli dunyoda,
Birovining oti Yalovchilardir.
Lekin faollikda undan ziyoda,
Ikkinchisin oti Talovchilardir.
Birinchisi bo’lsa, tunu kun yotib,
Xojasin oyog’u ketin yalaydi.
Ikkinchisi esa, hujjat ko’rsatib,
Kuppa-kunduz kuni seni talaydi.
Qancha fir’avnlar kelib ketmagan,
Yer yuzin qaqshatgan qanchalar xoqon.
Va lekin ularga kuchi yetmagan,
Balki kishi bilmas, qo’llagan pinhon.
...
Читать дальше »
|
So’ylayin ajoyib voqeotlardan,
Aziz avliyolar, o’tgan zotlardan.
Yaxlit bo’shliq ekan olam bir zamon,
Ya’nikim, aralash zamin va osmon.
Bo’lgan na tartibot, na o’y, na niyat,
Tagi bilan yo’qdir o’zi jamiyat.
To’rt-beshta qaroqchi yurgan qo’rqitib,
O’tgan, ketganlarni talab, hurkitib.
...
Читать дальше »
|
Ozodlik degani – egrilik emas,
Qilgan qilmishlaring to’g’rilik emas.
Oshing halol bo’lsa ko’chada ichgin,
Musulmonning ishi o’g’rilik emas.
|
Men ilg’or lektorman hozir g’oyatda,
Meni kelajakka g’ayratim boshlar.
Vatanparvar bo’lgay yarim soatda,
Mening ma’ruzamni tinglagan yoshlar.
Tongdan savol qo’yar katta nabiram,
Formaga o’ragan miqti savlatni.
Deydi, chiqishim bor, dolzarb juda ham,
Bobo, so’kib bering biror davlatni.
Sal o’tmay kiradi nabira qizim,
Litseyning oldidir, quvnoq, suxandon.
Deydi, seminarda bor muhim so’zim,
Dushman topib bering menga, bobojon.
...
Читать дальше »
|
Sen jimgina o’tirgin, Hasan,
Husan, sen ham so’z dema zinhor.
Betakalluf bo’lsang bo’larsan,
Iltifotga emas bular zor.
Ismiga ham …vichlarni qo’shib,
Aytishlaring juda g’alati.
Bular hali osmondan tushib,
Belanmagan loylarga pati.
...
Читать дальше »
|
Everest tog’ida yashar bir odam
Va Bahri Muhitning eng tubida ham.
Cho’qqida turgan u, albatta, sensan,
Ummon ostidagi, shubhasiz, menman.
Aslo qo’lim yetmas yuksak poyangga,
Everest atalmish baland qoyangga.
Lekin sen to’xtovsiz toshlar otgaysan,
Mudom kamsituvchi so’zlar qotgaysan.
...
Читать дальше »
|
G’orning ichida yo quduq tubida,
Aytma ashulangni, qilmagin pastlik.
Aqchang mo’lligida, puling ko’pida,
Senga to’g’ri kelmas lattaparastlik.
Bozorga kirdingmi, jonoqi qolib,
Xaridor bo’lmagin eshak olmaga.
Nazaring baland qil, himmating g’olib,
Bo’z ko’ylak yarashmas sochi tolmaga.
Qul so’zi ortiqdir o’zbekka endi,
Ismingdan bu tuban qo’shimchani ot.
Qay bir dam kamolot otiga mindi-
Hatto chumoli ham chiqazdi qanot.
...
Читать дальше »
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Dekabr 2023 » | Du | Se | Cho | Pay | Ju | Sha | Yak | | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
 |
Архив записей |
|
 |
Друзья сайта |
|
 |
|