Chorshanba, 2021-01-20, 6:37 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
A [13]B [44]
D [0]E [0]
F [2]G [9]
H [1]I [3]
J [2]K [6]
L [0]M [5]
N [0]O [5]
P [2]Q [5]
R [0]S [4]
T [5]U [0]
V [1]X [0]
Y [4]Z [0]
O' [1]Sh [2]
Ch [2]G' [0]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 695
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 11
Mexmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 1
sarakh69
В категории объявлений: 5
Показано объявлений: 1-5



Mushuk – yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli. 

Категория: M | Просмотров: 566 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Maqbara – bu davrlar bog'lanishi timsoli. Tushda bir vaqtlar o'tgan ulug' va mashhur kishilarning maqbarasida o'zingizni ko'rish – bu sizni mashhur qiladigan yoki hayotingizga janjallar oqimini olib kiradigan merosga ega bo'lishingizdan darak beradi.
Yaqindagina turgan bino o'rnida maqbara paydo bo'lganligini tush ko'rish yashash joyini o'zgartirishdan boshqa mamlakatga ko'chib o'tishdan, ajdodlari o'tgan vatanga qaytishdan dalolat beradi.
Maqbarani suv bosgan holda ko'rish – nasl va nasablarga bog'liq sirlarning ochilishini va barcha tafsilotlarni aniqlashga qaratilgan uzoq safar oldinda turganligidan dalolat beradi. 

Категория: M | Просмотров: 486 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Bilingki, minora qudrat, hokimiyat timsolidir. Juda yuksaklikka cho'zilgan, uchi cho'qqili minorani tushda ko'rish – tush ko'ruvchining hokimiyat egasi bo'lishidan, biroq undan ehtiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi, shuningdek, u o'zining kuchiga ortiqcha baho berib, raqibining kuchiga yetarli baho bermasligini, ta'sirining kamayib, ko'pchilikning qo'llab-quvvatlashidan mahrum bo'lishini bildiradi.
Yaqinlashishning iloji yo'q minorani tushda ko'rish – juda muhim shaxs, siyosiy arbob yoki moliya magnati bilan uchrashuvdan dalolat beradi.
Asosi mustahkam minora tushga kirsa, bu qudrat va katta e'tibor belgisidir.
Emirilb borayotgan minorani ko'rish siyosiy va boshqa yo'nalishlarda katta o'zgarishlar alomatidir.
Qurolli kishilar tomonidan ishg'ol qilingan minorani tushda ko'rish, katta e'tiborga ega turli lagerlar o'rtasidagi to'qnashuvlar, ma'lum asoratlar qoldiradigan raqiblar o'rtasida kurash alomatidir.
Shinakli minora tushga kirsa, bu qo'rqitishga, so'zsiz bo'ysunishga asoslangan hokimiyat timsoli, tajovuzkorlik belgisidir. 

Категория: M | Просмотров: 526 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Mash'ala – inqilob, yangilanish, o'zgarishlar, maorif timsolidir. Tushda o'zingizni qo'lingizga mash'ala tutgan holda ko'rish – yaqin vaft ichida siz diqqat markazida bo'lishingizni va nihoyat o'zingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Agar tushingizda o'chgan mash'alani ko'rsangiz, demak, o'ngda o'z rejalaringizni amalga oshirib bo'lmasligini xafsalangiz pir bo'ladi. Tushingizda o'z yo'lingizni mash'ala bilan yoritib borayotgan bo'lsangiz – demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishingizni bildiradi.

Категория: M | Просмотров: 466 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Agar tushingizda marvarid taqinchoq ko'rsangiz – bunday tush Yer yuzida g'ayritabiiy manazara paydo bo'lishini, butunlay manzaraning guvohi bo'lganlarning odatiy turmushi butunlay o'zgarib ketishini ayon etadi. Agar tushingizda noyob marvarid xarid qilsangiz – bu sizda ulkan imkoniyatlar mavjudligini, kutilmagan paytda, to'satdan bo'ladigan o'zgarishlar ta'sirida namoyon bo'lishini bildiradi.

Категория: M | Просмотров: 481 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30


Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |