Yakshanba, 2021-04-11, 7:13 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
A [13]B [44]
D [0]E [0]
F [2]G [9]
H [1]I [3]
J [2]K [6]
L [0]M [5]
N [0]O [5]
P [2]Q [5]
R [0]S [4]
T [5]U [0]
V [1]X [0]
Y [4]Z [0]
O' [1]Sh [2]
Ch [2]G' [0]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 697
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
В категории объявлений: 5
Показано объявлений: 1-5



Har kim tushida ot minsa, izzat-hurmat, davlatva obro' topadi. Agar otning abzallaridan ba'zi qismlari kam bo'lsa, o'shal miqdor obro'siga futur yetadi. Agar otning dumi yoki yeli ko'p bo'lsa, xizmatkorlar ham ko'p bo'ladi. Agar bo'lmasa, buning aksi. Agar otga yalang'och minsa, masiyatga gunohkorlika qoladi. Agar yalang'och otdan tushsa, masiyatdan qutulgay. Agar otni sotsa, izzat bo'lgay, yo xotinidan judo bo'ladi.

Категория: O | Просмотров: 701 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-03-10

Tushda katta pishgan olmani ko'rish – tez fursatlar ichida buyuk kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko'ruvchiga esa bu tush kelajakda ko'plab kishilarning hurmatini qozonishdan darak beradi. 

Категория: O | Просмотров: 608 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Agar ochlikdan ko'p odam o'layotganligini tushda ko'rsangiz – bu bema'ni alomat. Ehtimol kelgusida kishilar uchun qaytarilmaydigan asoratlarga olib keluvchi hodisalar ro'y berishi mumkin.
Agar tushingizda qattiq ochlikni his qilsangiz – o'ngda sizning obro'yingiz qarama-qarshi jins va ishining sizga keraksiz e'tibori tufayli xavf-xatar ostida qoladi.
Tushingizda yaqin kishilaringizdan biri ochlikdan o'layotgan bo'lsa, o'ngda voqealarning kutilmaganda o'zgarib ketishi alomatidir.
Agar tushingizda sizni kimdir ochdan o'lishdan saqlab qolayotgan bo'lsa – o'ngda siz o'zingiz kutmagan odamdan kutilmagan yordam olasiz

Категория: O | Просмотров: 558 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Oy – yashirin hukmronlik qilish, osoyishtalik, tasodiflik belgisi. Tushda oyga intilish, sizning qandaydir yangilikka, boshdan kechirmagan voqealarga intilishingizni bildiradi. Tushingizda siz ko'rib turgan Oy yorqin qizil yoki to'q qizil rangda bo'lsa, ehtiyot bo'lishga ogohlantirishdir. Agar tushingizda Oy yorug'ini ko'rayotgan bo'lsangiz – o'ngda bartaraf etishingiz ancha qiyin kechadigan, kutilmagan qarshiliklarga ro'paro' kelasiz.

Категория: O | Просмотров: 736 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30

Qoyada o'tirgan odamni tushda ko'rish, uzoq kelajakda tush ko'ruvchi hayotida misli ko'rilmagan voqealar ro'y berib, uning hayotini tubdan o'zgartirib yuborishini bildiradi. Agar tushingizda qashshoq odam ko'rinsa, kelajakda siz, katta ko'ngilsizlikka duchor bo'lib, natijada, butun mol-mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do'stingizdan ajralishingizdan dalolatdir. Agar siz tushingizda bir talay qashshoqni ko'rsangiz, bu ko'pgina xalqlar qashshoqlikda hayot kechirishini bildiradi. Badavlat kishini tushda ko'rish – yaxshi alomatdir. Sizni yaqin kishilaringiz davrasida kam-ko'stsiz hayot kutadi. Agar tushda ko'plab o'ziga to'q odamlar namoyon bo'lsa – butun dunyo xalqlarining baxtiyor hayot kechirishiga ishora. 

Категория: O | Просмотров: 657 | Добавил: Bektoycho1 | Дата: 2016-01-30


Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |