Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Onlinedagilar: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-06-09] Коментариев: [0] Просмотров: [339]
Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazi orqali test sinovlarida qatnashish uchun hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar qiladi.
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi.
Quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:
- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan);
- imtiyozga ega bo‘lganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.
Abituriyent bir vaqtda, o‘qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlashi mumkin.
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.
Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassas
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-06-09] Коментариев: [0] Просмотров: [373]
Moskva viloyatining Litkarino shahrida 11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan erkak hibsga olindi, deb xabar berdi Sputnik.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2018-yil iyun oyidan 2019-yil yanvar oyiga qadar bir necha marta yosh qizchaning nomusiga tekkan. Qayd etilishicha, qizcha uning qizining dugonasi bo‘lgan. Qizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning 21—22 haftalik homilasi borligini aniqlagan.
Xabarda aytilishicha, gumon qilinuvchi shaxs sifatida 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan. Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq qizining nomusiga bir necha marta tekkan tojikistonlik otaga umrbod qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-06-09] Коментариев: [0] Просмотров: [317]
Toshkent shahrining Chilonzor tumani, 19-dahasida yashovchi 53 yoshli Liliya M. uyga qaytganida hech kim eshikni ochmagani uchun 7-iyun kuni ichki ishlarga murojaat qilgan. Ayol uyda 77 yoshli onasi va 28 yoshli o‘g‘li bo‘lishi kerakligini aytgan.
IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, profilaktika inspektorlari tomonidan FVV mutaxassislari chaqirilgan va guvohlar huzurida eshik ochilgan. Qayd etilishicha, xonadonda hasharotlarni o‘ldirish uchun mo‘ljallangan kulrang kukun sepilgan gazeta bo‘laklari solingan bo‘lgan.
77 yoshli ayolning jasadi koridorda, 26 yoshli yigitning jasadi esa balkonda topilgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, prokuror, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek, Chilonzor tumani hokimligi va sanitar-epidemiologiya xizmati vakillari yetib kelgan.
“Hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, tegishli ekspertiza tayinlangan”, — deyiladi xabarda.
рейтинг: 0.0
|
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
Друзья сайта |
|
 |
|