Tojikistonlik Mavluda Odilova ismli ayol sud hukmi bilan 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy rejimli koloniyada o'tashi belgilab qo'yildi.
Tergov hujjatlarida ta'kidlanishicha, u ikki qizi va erini ammiakli selitra yordamida zaharlab o'ldirgan. Zaharni esa o'zi tayyorlagan qo'lbola kolbasaga qo'shib qo'ygan. Ayolning yana bir qizi tirik yetim bo'lib qoldi. Aynan o'sha qizi tufayli unga kamroq muddat belgilandi. Aks holda yanada ko'proq muddatga ega bo'lishi tayin edi.
Ayol sud majlisida aytdiki, eri uni hadeganda haqoratlab, shafqatsizlarcha kaltaklarkan. Shuning uchun undan qasos olishga ahd qilibdi. Ammo qizlarining bunga qanday aloqasi borligi haqida ma'lumot tarqatilmagan.
рейтинг: 0.0
8-avgust kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumani Boshqir sheyx qishlog‘i “Jayxun” MFYda joylashgan “Yo‘ldosh ota Xursandbek” fermer xo‘jaligining dala shiyponidagi molxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga yetib borgan 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasining harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Molxonaning 80 kvadrat metr maydoni va 5 bosh qora mol yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in oqibatida molxonaning 40 kvadrat metr maydoni tomi va u yerda saqlangan hashak yonib zararlangan, shuningdek, 15 bosh qora mol va 2 ta qo‘y nobud bo‘lgan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
рейтинг: 0.0