Bu voqea shu yil 21 avgust kuni Andijon viloyat kasalxonasida sodir bo'ldi. Bemor ayolning o'g'li ortoped vrachni onasini noto'g'ri operatsiya qilganlikda ayblab, oyoq-qo'lini boylagan-u, kabinetida ustiga benzin sepib yoqib yuborgan. Xayriyatki, boshqa vrach va tibbiyot xodimlari baqir-chaqirni eshitiboq ichkariga kirib jabrlanuvchini qutqarib qolishdi.
Hozirgi paytda aybdor qo'lga olingan. Ortoped vrach jiddiy kuyish jarohatini olgan. Ammo qay darajada kuyish jarohati olganligi hozircha noma'lum. Shunisi ma'lumki, hamkasblari o't o'chirish moslamasi yordamida olovni o'chirishgan.
Hozirgi paytda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan.
рейтинг: 0.0