Yakshanba, 2019-10-20, 7:10 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [75]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 667
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 8
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 0

Sirdaryoda kollej qorovuli qizlar bilan tanishishga kelgan o'smirni o'roq yordamida o'ldirib qo'ydi…
Автор: Voybu [2019-09-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [59]    
Shu yil 6 sentyabr kuni Sirdaryodagi tibbiyot kolleji qorovuli Ahmad Buxarovga 19 yoshli o'smir Jasur Ortiqovning tutgan ishi yoqib tushmabdi. Jasur kollej qizlari bilan tanishish uchun kelgan ekan. Qorovul oraga tushishi tufayli oralarida janjal chiqdi. Shunda Buxarov qo'lidagi o'roq bilan o'smirning ko'krak qafasi qismiga jiddiy tig' jarohati yetkazdi. Ko'rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Jasur Ortiqov kasalxonada vafot etdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Ahmad Buxarov qamoqqa olingan. рейтинг: 0.0
AQSh Shimoliy Koreya hakerlariga nisbatan sanksiya qo‘lladi
Автор: Voybu [2019-09-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [35]    
AQSh Moliya vazirligi Shimoliy Koreyaning uchta hakerlar guruhini — Lazarus Group, Bluenorff hamda Andariel’ni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi, deb xabar beradi Meduza.

Ushbu guruhlar 2017-yilning bahorida butun dunyo bo‘ylab yuz minglab kompyuterlarga zarar yetkazgan WannaCry ta’magir virusini yaratishda gumonlangan. Ushbu virus kompyuterning qattiq diskidagi ma’lumotlarni shifrlab, uning egasidan 300 dollar miqdorida bitkoin talab qilgan.

AQSh hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, guruhlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Shimoliy Koreya rahbariyatiga bog‘liq. Biroq Pxenyan Vashingtonning WannaCry kiberhujumlari uchun javobgar ekanligi haqidagi ayblovini rad etgan edi. рейтинг: 0.0
Porye yoki Konor? Habib kim kuchliroq ekanligini aytdi
Автор: Voybu [2019-09-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [33]    
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Dastin Porye ustidan g‘alabasiga izoh berdi.

“Porye jismoniy jihatdan baquvvat. Men jangdan oldin uning kuchini ketqazish uchun bo‘yniga zarba berishimni aytgandim. Zarba berishni boshlagan vaqtimda esa biz allaqachonga kurashga kirishib ketgandik. Porye ancha kuchli raqib chiqdi. U Konordan ham baquvvatroq edi”, — deydi Habib.

Qayd etish joiz, Habib ikkala jangchi ustidan ham muddatidan avval g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. рейтинг: 0.0
Habib Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi
Автор: Voybu [2019-09-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [29]    
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining navbatdagi jangi kimga qarshi o‘tishini ma’lum qildi.

“Fergyuson nima xohlayotgani hech kimga xavotirga solayotgani yo‘q. Jorj Sen-Pyer Habibning navbatdagi raqibi. Bu — mening bilganlarim. Aynan shunday bo‘lishini men ham xohlayman. Toni esa xohlganini ololmaydi. Aksincha, Habib xohlagan narsa ro‘y beradi. Agar u qo‘ng‘iroq qilib, Sen-Pyer bilan jang qilishni xohlashini aytsa, albatta, shunday bo‘ladi. Jorj — mening do‘stim. Bilishimcha, u ham 10 yildan beri Habib bilan jang qilishni xohlaydi. Bu barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi nomi uchun kechadigan jang bo‘ladi”, — deydi Ali Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Toni Fergyuson Habibga qarshi jang uchun rasmiy da’vogar bo‘lib turibdi. Habib—Fergyuson jangi bir necha yillardan beri turli sabablar tufayli amalga oshmay kelmoqda. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Sentabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |