Payshanba, 2019-10-17, 2:24 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [74]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 667
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 15
Mexmonlar: 15
Foydalanuvchilar: 0

«Barselona»ning yana bir a'zosining uyi tunab ketildi
Автор: Voybu [2019-09-16]   Коментариев: [0]   Просмотров: [43]    
Ispaniya chempionati 4-turidan o'rin olgan «Barselona» – «Valensiya» bahsi (5:2) o'tkazilayotgan vaqtda, kataloniyaliklar himoyachisi Samuel Umtitining uyidni tunab ketishdi.

Umtiti jarohatda bo'lgani bois bu vaqtda uchrashuvni “Kamp Nou»dagi tribunalar orqali tomosha qilgan.

Qayd etilishicha, fransiyalik futbolchining uyiga to'rt nafar o'g'ri tushib, qimmatbaho buyumlar saqlanadigan seyfni buzishgan va u yerdagi narsalarni olib chiqib ketishgan. Mahalliy politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi.

So'nggi yillarda kataloniyaliklarning ko'plab a'zolari o'g'irlik qurboniga aylanishmoqda. Avvalroq, bu kabi noxush holatga Luis Suares, Xerard Pirke, Xordi Alba, Filippe Koutino, Artur va Kevin-Prins Boateng tushishgandi. рейтинг: 0.0
ENDI TELEFONNI O'Z TANAMIZ HARORATI BILAN ZARYaDLAYMIZ…
Автор: Voybu [2019-09-16]   Коментариев: [0]   Просмотров: [65]    
MISiS texnologiya universiteti dunyoda birinchilardan bo'lib odam tanasidan issiqlikni olib uni telefon yoki smartfonga elektr quvvati ko'rinishida uzata oluvchi polimer mato ixtiro qilishdi. Bu ishga Shvetsiyadagi Lulelo texnologiya universiteti olimlari ham munosib hissa qo'shgan. Mato nanotrubkalar bilan jihozlangan. U o'zidan elektr tokini yuqori bosim va sifatli tarzda o'tkazib, keyinchalik bu quvvatni telefon va smartfonlar akkumlyatorlariga yetkazadi. Mato juda egiluvchan. Uni smartfon yoki telefon chexoliga aylantirib, ya'ni, o'rab qo'yib bemalol gadjetdan foydalanaverasiz. Akkumlyatoringiz esa hech qachon toksiz qolmaydi. Unga polimer mato nanotrubkalar orqali tana haroratingizni elektr tokiga aylantirgan holda quvvat yetkazib turadi. Asosiysi, mato inson salomatligi uchun umuman zararli emas. рейтинг: 0.0
1 oktyabrdan mashinalar narxi oshmaydi!
Автор: Voybu [2019-09-16]   Коментариев: [0]   Просмотров: [34]    
Bu haqda, «UzAuto Motors» AJ xabar bermoqda.

Kompaniyaning eslatishicha, 2019 yilning 1 oktyabridan e'tiboran yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo'l jamg'aramasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yig'im bundan buyon avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to'lanadi.

Xaridorlar esa o'sha 3%lik to'lovni endilikda Ichki ishlar organlarida emas, balki avtomobil xarid qilayotgan chog'ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo'ladi. Bu xaridorlarga qo'shimcha qulaylik yaratadi, demoqda kompaniya.

1 oktyabrgacha shartnoma imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo'shimcha kelishuv imzolanadi va ular 3%lik to'lovni avtomobilni qabul qilib olish chog'ida dilerlik korxonasiga to'laydi.

Garchi UzAuto Motors AJ 1 oktyabrdan e'tiboran QQS to'lovchisiga aylansa ham, avtomobil narxlari Respublika yo'l jamg'armasiga amalga oshiriladiga ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Xorazmda ayollarni axloqsizlikda ayblab, ularning suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortildi
Автор: Voybu [2019-09-16]   Коментариев: [0]   Просмотров: [38]    
Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida turli nomlar ostida sahifalar yaratib, ushbu sahifalarda pornografik mazmundagi audio, video va foto materiallarni joylashtirish holatlari qayd etilmoqda, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi.

Ayniqsa, xotin-qizlarning fotosuratlari va shaxsiy ma’lumotlari (ismi sharifi, yashash manzili, telefon raqami)ni ko‘rsatgan holda, ularni go‘yoki axloqan buzuqlikda ayblab chiqayotgan sahifalar kundan kunga ortib bormoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuqoridagi kabi noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2019-yilning 23-iyul kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir guruh shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Ushbu jin ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
O‘zbekistonda taxminan 2 mln aholi to‘yib ovqat yemayotgani rasman ma’lum qilindi
Автор: Voybu [2019-09-16]   Коментариев: [0]   Просмотров: [39]    
O‘zbekistonda 2018-yil holatiga ko‘ra aholi o‘rtasida umumiy to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3 foizni tashkil etadi. Bu taxminan 2 million kishi, degani. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasida ma’lumot berilgan.

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan strategiya loyihasida ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar orasida to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushini 2021-yilga borib 5 foizgacha, 2025-yilda 3 foizgacha qisqartirish, 2030-yilga borib esa oziq-ovqat tanqisligiga uchragan insonlar ulushini batamom tugatish rejalashtirilgan.

Avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev aholi suvni arzon bo‘lgani uchun isrof qilayotganini ta’kidlagani, shuningdek, yaqin kelajakda hokimlardan fermerlarga yer berish huquqi olib qo‘yilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Sentabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |