Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Onlinedagilar: 15 Mexmonlar: 15 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [291]
Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin.
Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishni so‘radi:
avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish; dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish; avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish; “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirish va yo‘llarda to‘xtab dam olish; viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [255]
Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida fuqaro Ch.B.ning 4 yildan beri ololmagan qarzi undirib berildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ch.B. yaqin tanishiga 12 ming 700 dollarni 2015-yilning 10-mart kuni 4 oy muddatga qarz sifatida berib turgan. 4 oy muddatga deb olingan qarz 3 yilda ham qaytarilmagach, Ch.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi tomonidan uning da’vo arizasi qisman ta’minlanib, 12 ming dollarning milliy valyutaga nisbatan qiymati, ya’ni 97 million 756 ming 560 so‘m miqdoridagi qarz undirish belgilangan.
Ijro harakatlari davomida MIBning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan belgilangan qarz to‘liq undrilib, Ch.B.ga tilxat asosida topshirilgan.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [292]
Hindistonning poytaxt okrugi hisoblangan Dehlida havoning ifloslanish ko‘rsatkichlari Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan 10 baravar ko‘payib ketgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Nyu-Dehlidagi atmosfera sifati noyabrda har doimgidan ham yomon ifloslangan. Havodagi mayda dispers zarralarining diametri kamida 2,5 mikrometrgacha (PM2,5) o‘sgan. Havoning ifloslanishiga kuzda dehqonlarning Nyu-Dehli atrofi hamda qo‘shni shtatlarda yetishtirilgan poxolni yoqishi natijasida yuzaga kelayotgan tutun eng asosiy sabablardan biri deb ko‘rsatilmoqda.
3-noyabr, yakshanba kuni Hindistonda Havo sifati indeksini (AQI) o‘lchashning imkoni bo‘lmagan, ko‘chalarda o‘rnatilgan registratorlarda uch raqamli tablolar 999 (norma 0-50 deb hisoblanadi) raqamlarini ko‘rsatgan.
Nyu-Dehlida bir necha kundan beri maktablar yopilgan, Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda 40 ga yaqin samolyot reyslari bekor qilingan. Shuningdek, shahardagi qurili
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [298]
Hindiston fuqarosi Subxash Yadav juda ko‘p tuxum iste’mol qilgani sababli halok bo‘ldi. Bir o‘tirishda 50 ta tuxum yeya olishni maqsad qilgan Subxash 41-tuxumni yeb bo‘lgach, hushidan ketgan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
42 yoshli hindistonlik erkak do‘sti bilan birga bozorga borgan va ikkovlon u yerda o‘zaro tortishib qolgan. Nizoni o‘ziga xos bahslashuv bilan hal etmoqchi bo‘lishgan. Kelishuvga ko‘ra, bir o‘tirishda 50 ta tuxumni yeya olgan g‘olib 2 ming rupiyaga (21 funt sterling) ega bo‘lardi.
Yadav 41-tuxumni yeb bo‘lganidan keyin hushdan ketgan. Bemor zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uni qutqarib qola olmadi. Shifoxonadagilar o‘limning ko‘p va kuchli ovqat iste’mol qilinishi natijasida ro‘y berganligini ta’kidlagan.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [304]
Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida tez yordam shifokorlarini tahqirlagan shaxslar 15 sutkalik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.
Avvalroq Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan surishtiruv boshlangani, vaziyat Navoiy viloyati prokuraturasi nazoratida ekani haqida bayonot bergandi.
Xabar berilishicha, Uchquduq tumani ma’muriy sudi qaroriga ko‘ra, 1987-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan K.H. va 1991-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan E.P. 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning uchta moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi sababli ularga nisbatan jarima ham tayinlangan. Fuqaro K.H. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan sudlangan.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-11-05] Коментариев: [0] Просмотров: [297]
O‘zbekistonda qolipli non (buxanka) narxi yana qimmatlashdi. Bu “buxanka”ning so‘nggi 20 kun ichida ikkinchi marta qimmatlashishi hisoblanadi.
Hozirda Toshkentdagi turli savdo do‘konlarida “buxanka” 1 600 so‘mdan 1 900 so‘mgacha sotilmoqda.
“Buxanka” narxi oxirgi marta 15-oktabr kuni qimmatlashgan. O‘shanda “buxanka” 1350—1500 so‘mdan sotila boshlangan edi.
2019-yil 14-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019-yil 15-oktabrdan:
2019-yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan bug‘doy g‘alla iste’molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi; davlat xaridlari doirasida sotib olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un barcha iste’molchilarga 100 foiz to‘lovni oldindan amalga oshirish orqali ochiq birja savdolarida sotiladi;
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
Друзья сайта |
|
 |
|