Shanba, 2023-12-02, 9:11 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 712
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Samarqandda 23 yoshli qiz qamoqxonadan qochib ketdi
Автор: Voybu [2019-11-14]   Коментариев: [0]   Просмотров: [291]    
Buxoroda Samarqand viloyatidagi manzil-koloniyasida jazoni o‘tayotib, u yerdan qochgan shaxs qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, Romitan tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan J.G. Romitan tumani Gazli shaharchasi hududida 13-noyabr kuni qo‘lga olingan.

U O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganligi uchun sudlangan.

Qochib ketgan mahbus 9-oktabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Xabarda jinoyatchi Samarqand viloyati IIB JIEBga qarashli 37-son manzil-koloniya xodimlariga topshirilgani qo‘shimcha qilingan. рейтинг: 0.0
O‘zbekistonda totalizatorga ruxsat berilishi va VAR tizimi joriy etilishi mumkin
Автор: Voybu [2019-11-14]   Коментариев: [0]   Просмотров: [298]    
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun hujjati bilan O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:

bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;
bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan telekommunikatsiya ta ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Samarqandda fuqaroni 100 mln so‘mga aldab ketgan shaxs qo‘lga olindi
Автор: Voybu [2019-11-14]   Коментариев: [0]   Просмотров: [285]    
Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro o‘z haq-huquqini bilmasligi oqibatida aldanib qoldi, deb yozadi “Postda.uz”.

H.T. uch kun ichida avtomashina olishini va’da qilgan fuqaroga 100 million so‘mni berib yuboradi. Pulni olgan erkak bedarak ketadi. Noiloj qolgan H.T. voqea yuzasidan tuman IIBga ariza bilan murojaat qiladi.

“Ayni paytda odamlarni aldab, chuv tushirib yurgan kattaqo‘rg‘onlik A.Sh. qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |