Dushanba, 2023-10-02, 11:00 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 711
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik muhojirni pichoqlagan 3 o‘smir hibsga olindi
Автор: Voybu [2019-11-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [274]    
Sankt-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tuman sudi o‘zbekistonlik 38 yashar mehnat muhojiriga hujumda gumon qilingan uch nafar o‘smirni kelgusi yil 12-yanvarga qadar vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga yubordi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar bermoqda.

Mazkur hodisa 11-noyabr kuni kechki payt ro‘y bergan. 19, 17, 16 va 15 yoshli 4 nafar mahalliy aholi vakili “Kovalevo posti” temir yo‘l bekatida o‘zbekistonlikka hujum qilib, yuziga gaz suyuqligini purkaydi. Shundan so‘ng ayovsiz tepkilab, kamida 5 marotaba pichoqlaydi. Uning qo‘l telefoni va ichida kiyimlari bo‘lgan ryuzakini tortib oladi. O‘g‘irlangan buyumlar qiymati 7850 rubldan (122 dollar atrofida) oshmagan bo‘lsa ham, muhojirga jiddiy jarohat yetkaziladi.

Tergov qo‘mitasi shahar bo‘limi matbuot xizmatiga ko‘ra, hujum “ekstremistik kayfiyatlar” tufayli amalga oshirilgan, o‘smirlar ijtimoiy tarmoqlardagi millatchilik ruhidagi guruhlarga kirib turgani aniqlangan.

Mazkur hujumda ishtirok etgan to‘rtinch ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Qashqadaryoda bir oilada 7 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlandi. Ularning 5 nafari bolalar
Автор: Voybu [2019-11-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [293]    
Qashqadaryoda 12-noyabr kuni er-xotin 4 nafar farzandi va bir nafar jiyani bilan ovqatdan zaharlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryoning Chiroqchi tumani, “Langar” mahallasida yashovchi 38 yoshli N.X., 37 yoshli turmush o‘rtog‘i Yu.U., farzandlari 13 yoshli A.T., 9 yoshli F.T., 9 yoshli X.T., 5 yoshli T.T va jiyani 5 yoshli L.T. kechki ovqatga uy sharoitida tayyorlanib, shisha idishga qadoqlangan pomidor va bodring aralashmali salat konservasidan iste’mol qilib, zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda N.X.ning ahvoli og‘ir, A.T.ning ahvoli o‘rta-og‘ir, qolgan bemorlarning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘onada ham mart oyida shunday holat sodir bo‘lib, 2 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlangandi. рейтинг: 0.0
Moskvada komaga tushgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba vafot etdi
Автор: Voybu [2019-11-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [290]    
Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) tibbiyot fakulteti talabasi, galoperidol dori vositasi ukolidan keyin komaga tushgan o‘zbekistonlik O‘lmasxon Baxronov Moskvadagi 67-shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi “Samarkand & Samarkand” guruhida O‘lmasxonning amakisi Farruhxon Shukrullayev ma’lum qilgan.

22 yoshli O‘lmasxon 13-noyabr kuni soat 20:45 da vafot etgan.

Amakisining ma’lum qilishicha, uning janozasi 15-noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Quyi Chordara” mahallasida bobosining uyida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq talaba noto‘g‘ri belgilangan dori vositasi sababli komaga tushgani ma’lum qilingandi. Yigit onasining ta’kidlashicha, shifokor O‘lmasxonni giyohvand modda qabul qilishda gumon qilib, unga galoperidol buyurgan. Vosita kiritilgandan keyin O‘lmasxonning yuragi to‘xtab qolgan.

Yigitning yuragini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lingan, biroq bu orada uning miyasiga shikast yetgan va u 67-shifoxona ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Buxoroda 62 yoshli shaxsning mashinasi uyi oldidan olib qochildi
Автор: Voybu [2019-11-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [260]    
2019-yil 13-noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro shahar Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 28-uy oldida 62 yoshli fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VАZ 21011” rusumli avtomashina 28 yoshli А.Sh. tomonidan olib qochilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Xabar berilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam ko‘chasida oldi va orqa davlat raqam belgilari yechib olingan holda topilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya ko‘chasi yo‘l yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 13-noyabr kuni Buxoro shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan А.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib bo ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Hindistonda bir kishi pokerda yutqazdi va o‘z rafiqasini zo‘rlashga ruxsat berdi
Автор: Voybu [2019-11-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [332]    
Hindistonda bir kishi pokerda yutqazdi va o‘z xotinini yutgan shaxsga zo‘rlashga ruxsat berdi. Bu haqda NDTV kanali xabar berdi.
Jabrlanuvchining eri do‘sti va qarindoshi bilan karta o‘ynagan. Erkak xotinini xavf ostiga qo‘yib yutqazgan, ikkita o‘yinchi esa uni zo‘rlashgan.

Hodisadan so‘ng, ayol ota-onasinikiga qochib ketdi, eri esa uning oldiga borib xato qilganini tan olib, kechirim so‘radi. Xotini uni kechirdi, lekin uyga qaytayotganda u mashinani to‘xtatdi va do‘stlariga uni yana bir bora zo‘rlashga ruxsat berdi. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |