Shanba, 2023-06-10, 4:02 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 708
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0

Fast food restoranlari tarixi
Автор: Voybu [2019-11-21]   Коментариев: [0]   Просмотров: [367]    

Fast food restorani - bu tez tayyorlanadigan ovqatlar va minimal xizmat ko‘rsatadigan restoran. U yerda tortiladigan taom oldindan pishiriladi va issiqda saqlanadi, sotiladi va o‘sha yerda yeyilishi yoki olib ketilishi mumkin. Bungacha Fast foodning ba’zi turlari mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, bu turdagi restoranlari XX asrda boshlangan. 0 Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi birinchi muvaffaqiyatli fast food restorani 1912 yil 7 iyulda ochilgan va u Avtomat tipidagi restoran edi - tangalar bilan ishlaydigan avtomatlar xizmat ko‘rsatadigan restoran. Bu butun mamlakat bo‘ylab boshqa avtomatlashtirilgan avtomashinalarning shov-shuviga sabab bo‘ldi. Roy U. Allen va Frank Rayt asos solgan A&W 1919 yilda ochilgan va ildiz pivosini sotishni boshlagan. 1923 yilda ular Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahrida o‘zining birinchi restoranini ochishdi va o&l ... Читать дальше » рейтинг: 0.0

Qizini bor kuchi bilan zinaga itarib o‘ldirgan ona 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Автор: Voybu [2019-11-21]   Коментариев: [0]   Просмотров: [281]    
Singapurda bir ayol o‘z bolasini zinadan uloqtirib, bosh suyagini jarohatlab, o‘ldirib qo‘ygan. So‘ng unga 7 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Ma’lumotlarga qaraganda, bir necha yil avval bu ayolning 2 bolasi kasallikdan vafot etgan edi. 30 yoshli, 6 farzandning onasi bu qotillikni sodir etganini tan oldi. Bu ayolda ruhiy kasallik aniqlanganligi sababli unga berilgan qamoq jazosi kamaytirildi. Sud jarayonida aytib o‘tilgan voqeaga ko‘ra, ayol yuvinish xonasidan chiqqan qizchasiga ortidan yurishni buyuradi. Qizcha uning aytganini qilmaganligi sababli onasi uni jahl bilan zinadan itarib yuboradi. Boshi bilan yerga tushgan qizcha qattiq baqirib yig‘laydi. Onasi bunga ham parvo qilmaydi. Xonasidagi o‘yinchoqlarini yig‘ishitirishini qizga buyuradi. Bir payt qiz xonaga qattiq yig‘i bilan kiradi. Oradan bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng uning ovozi eshitilmay qoladi. Onasi kelib qarasa, qizi jon taslim qilgan ekan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bu ayol ruhiy kasallikka chalingan. Barcha ayt ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
GM Uzbekistan`ning sobiq rahbari bankrot bo'ldi
Автор: Voybu [2019-11-21]   Коментариев: [0]   Просмотров: [264]    
Rossiya Federatsiyasining Voronej viloyati Arbitraj sudi o'zbekistonlik tadbirkor, GM Uzbekistan O'zbekiston-Amerika avtomobil konserni sobiq bosh direktori, Uz-Daewoo avtomobillarining Voronejdagi dileri sobiq rahbari va “Km/ch” avtosalonlar tarmog'i sobiq egasi Tohirjon Jalilovni bankrot deb topdi. Sud Jalilovga nisbatan qarzni qayta tuzish jarayonni joriy qildi. Uning moliyaviy boshqaruvchisi etib o'z-o'zini tartibga soluvchi tashkilot “Razvitie”dan bo'lgan Kristina Tutova belgilandi. Sud tadbirkorning bankrotligi natijalarini 2020 yil 18 mayda bo'lib o'tadigan yig'ilishda ko'rib chiqadi. Tohirjon Jalilovni bankrot deb topishni 502,99 mln rubl qarzdorligi sababli “Vozrojdenie” banki talab qilgan. Bankrotlik to'g'risidagi da'vo 2019 yil mart oyida berilgan. “Km/ch” avtosalonlarining moliyaviy muammolari haqida 2016 yilda ma'lum bo'ldi, o'shanda ularga Investtorgbank va “Vozrojdenie” bankidan bankrotlik to'g'risida da'vo arizalari kela boshlagan. Salonlar Uz-Daewoo, Ravon, Iveco, Z ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Toshkentda yana bir yo'l o'tkazgich qurish taklif etilmoqda
Автор: Voybu [2019-11-21]   Коментариев: [0]   Просмотров: [266]    
Toshkentda yana bir yo'l o'tkazgich qurish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxt yo'llarida juda ko'p transport vositalari harakatlanmoqda. Ammo poytaxtning ayrim ko'chalari ko'p miqdordagi transport vositalari oqimini qabul qilishga mo'ljallanmaganligi sababli doimiy ravishda tirbandliklar vujudga kelmoqda. “Jumladan, ushbu holat xalq orasida “Shuhrat” chorrahasi nomi bilan mashhur bo'lgan Chilonzor tumanining Kichik halqa avtomobil yo'li kesishmasida doimiy kuzatib kelinmoqda”, – deb yozadi murojaat muallifi. Shu sababli, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Chilonzor tumanidagi yo'llarda mavjud tirbandliklarni oldini olish maqsadida Kichik halqa avtomobil yo'li va Qatortol ko'chalari kesishmasi (“Shuhrat” chorrahasida) avtomobillar uchun yo'l o'tkazgich (ko'prik) qurish taklifi berilgan. Bundan oldin, Chilonzor tumanida yangi ko'prik qurilishi mumkin ekani xabar qilingandi. рейтинг: 0.0
19 yoshli yigitning o'lish pallasini do'stlari videoga olishdi.
Автор: Voybu [2019-11-21]   Коментариев: [0]   Просмотров: [307]    
Bu yoqimsiz voqea Hindistonning Karnataka shtatida sodir bo'ldi. 19 yoshli Jaffer Ayub ismli yigit ikki do'sti bilan suv havzalaridan biriga cho'milish uchun borgandi. Uch o'rtoq cho'milish lahzalarini videoga olishga kelishishdi. Ayub suvga sakragach, suzishni yaxshi bilmasligi uchunmi, qaytib qirg'oqqa chiqishni sira uddalay olmadi. Qirg'oqda turgan do'stlaridan biri bir marta uni qutqarish uchun qo'l uzatdi-yu, negadir darrov qo'lini qaytib oldi. Ayub yana havza ichkarisiga ketdi. Uyog'i fojiali kechdi. Do'stlar uning cho'kayotganini ko'rib turib ham qutqarish o'rniga shu manzarani videotasmaga tushirishdi. Keyinroq suv havzasiga kir yuvish uchun kelgan ayollar qutqaruvchilarni chaqirishdi. Afsuski, kech edi. Ayub allaqachon jon berib ulguribdi. Hozir bu ish bilan politsiya shug'ullanmoqda. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |