Bu dahshatli fojia Hindistonning Telangana shtatidagi Haydarobod shahri yaqinida sodir bo'ldi. Suresh ismli uch yashar bolakay otasi bilan birga qishloqdagi tantanalarga kelgandi. Bayram munosabati bilan katta qozonda hindlar Sambar deb nomlangan milliy sho'rva pishirishayotgandi. Bolakay qozonga yaqin yerda o'ynab yurib negadir sho'rvani yaqinroqdan ko'rgisi keldimi, qozonga yaqin keldi. Shunda muvozanatni yo'qotib sho'rva bilqillab qaynayotgan qozon ichiga tushib ketdi. Otasi jonholatda kelib bolakayni qozondan chiqarib oldi va zudlik bilan uni kasalxonaga olib ketdi. Go'dak sho'rva ichida deyarli pishib qolgandi. Vrachlar ikki kun harakat qilishdi. Ammo bolaning hayotini saqlab qola olishmadi. U olamdan o'tdi. Hozirda politsiyachilar ushbu fakt bo'yicha surishtiruvlar olib borishmoqda.
рейтинг: 0.0