Dushanba, 2023-10-02, 10:00 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 711
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

Andijonlik erkak sobiq xotinini rashk qilib bo‘g‘ib o‘ldirdi
Автор: Voybu [2019-11-27]   Коментариев: [0]   Просмотров: [278]    
Andijon viloyatida sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 21-noyabr, payshanba kuni Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan. 34 yoshli R.M. 26 yoshli sobiq turmush o‘rtog‘i I.M.ning yashash xonadoniga kelib, rashk tufayli kelib chiqqan janjal oqibatida uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan shu kuni R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. рейтинг: 0.0
Toshkentda talonchi xonadonga kirib, 79 yoshli ayolning uzugini barmog‘idan sug‘urib qochdi
Автор: Voybu [2019-11-27]   Коментариев: [0]   Просмотров: [256]    
Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylardan biriga talonchi g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon egasi 79 yoshli T.M.ga zo‘rlik ishlatib, chap qo‘l nomsiz barmog‘ida bo‘lgan 1 million so‘mlik tilla uzugini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashirindi. IIV huzuridagi tergov departamentining xabar berishicha, voqea 18-noyabr kuni soat taxminan 15:00 larda yuz bergan. Birlamchi tibbiy ma’lumotnomaga ko‘ra, T.M.ga “burun sohasi tepa yumshoq to‘qimalari lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 34 yoshli I.Q. sodir qilganligi aniqlanib, 25-noyabr, dushanba kuni ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etilib, holat bo‘yicha so‘roq qilingan. рейтинг: 0.0
Samarqandlik o‘qituvchi 15 kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda
Автор: Voybu [2019-11-27]   Коментариев: [0]   Просмотров: [262]    
Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand shahridagi maktablarning birida tarix fanidan dars beruvchi o‘qituvchini 15 kishi kaltaklagan. Oqibatda o‘qituvchi olgan tan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda. Aytilishicha, o‘qituvchi shahardagi “Hayotobod” mahallasida istiqomat qilgan. “Daryo” muxbirining qo‘shimcha qilishicha, o‘qituvchinining otasi tadbirkor bo‘lib, uning bir nechta savdo do‘konlari bo‘lgan. O‘qituvchi nima sababdan kaltaklangani hozircha noma’lum. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |