Chorshanba, 2022-05-25, 11:38 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 706
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik taksi haydovchisi ishtirokida baxtsiz xodisa yuz berdi
Автор: Voybu [2019-12-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [184]    
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Liteyniy xiyobonida 30-noyabr kuni o‘zbekistonlik taksi haydovchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. “Sof.uz”ning xabar berishicha, haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, noqonuniy ravishda kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Haydovchi baxtsiz xodisa natijasida o‘rta darajada tan jarohati olgan. Uning tengquri, hodisa yuz bergan vaqtda mashinada bo‘lgan mijozi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. рейтинг: 0.0
Samarqandda uylanish arafasida turgan yigitni do'stlardan biri o'ldirib qo'ydi…
Автор: Voybu [2019-12-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [207]    
U Anvar ismli yigit edi. Bir necha kundan keyin uning nikoh to'yi bo'lib o'tishi lozim edi. Shu munosabat bilan do'stlari Anvarning uyida to'planib, to'y xarajatlari masalasida maslahatlashishayotgandi. Ular o'zaro kelishgan holda ma'lum miqdorda o'rtaga pul tashlashdi. Biroq do'stlardan birining buncha puli yo'q ekan. Yarminigina berdi. Bu qolgan do'stlarning ensasini qotirdimi, yo uni masxaralay boshlashdimi, ishqilib oralarida janjal chiqdi. Do'stlaridan ranjigan yigit qo'liga pichoq oldi. Shu tobda Anvar ularni ayirayotgandi. Tasodifan pichoqni uning bo'yniga sanchdi. Anvar og'ir tig' jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi. Komaga tushib qolgandi. Ikki haftadan keyin olamdan o'tdi. Shunday qilib orzumand yigit chimildiq ko'rmay yorug' dunyoni tark etdi. Ollohning o'zi Anvarni rahmatiga olsin! Yaqinlariga bardosh ato etsin! Qotil qo'lga olingan. рейтинг: 0.0
Malayziyada timsoh plantatsiya ishchilaridan birini o'ldirib, murdasini yeb bitirdi…
Автор: Voybu [2019-12-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [205]    
Shu yil 25 noyabr kuni Abdul Situdju ismli erkak dalada sabzavot yig'ayotgandi. Kutilmaganda yo'qolib qoldi. Oradan bir necha kun o'tgach, uning murdasi qoldiqlarini o'rmon xo'jaligi xodimlari topishdi. — Bizning jamoa timsoh ovlash bilan shug'ullanadi, — deydi o'rmon xo'jaligi rahbari Zolkipli Muhammad Aton. — Plantatsiya hududi va daryoda ish olib boramiz. Odamxo'r timsohni xodimlardan biri ko'rib qolibdi. Darhol uni qidirishga tushdik. Erkakni xuddi o'sha timsoh yegani aniq… Ekspertiza murda qoldiqlari haqiqatan Abdul Situdjuga tegishli ekanini isbotlab berdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2010-2016 yillar oralig'ida Malayziyada jami 27 kishi timsohlarga yem bo'lgan. Barchalarini uzunligi yetti metrgacha yetadigan alohida zotga tegishli timsohlar yegan. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2022 | |