Chorshanba, 2022-05-25, 10:39 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 706
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Tojikistonlik yigit 13 yashar qizni spirtli ichimlik ichirib, keyin nomusiga tegdi…
Автор: Voybu [2019-12-09]   Коментариев: [0]   Просмотров: [212]    
Rossiyaning Peterburg shahri yaqinida 13 yashar qizaloq ishonuvchanlik va shayton suviga qullik qurboniga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda Kolpino tuman ichki ishlar bo'limiga №5 bolalar kasalxonasidan qo'ng'iroq qilib 13 yoshli qiz og'ir ahvolda olib kelinganini aytishdi. Qizaloqning aytishicha, yoshi ulug' erkak unga spirtli ichimlik ichirib, keyin nomusiga tegibdi.

Ma'lumotda aytiladiki, shu yil 4 dekabr kuni 13 yashar ismi-sharifi tergov manfaatlarini ko'zlab sir tutilgan qiz u qadar yaxshi tanish bo'lmagan 22 yoshli yigit bilan birga Metallostroy posyolkasiga borgan. Yigitning ismi Salimjon ekan. Ular ikkovlashib kech soat 17: 30 dan to yarim tungacha birgalikda spirtli ichimlik ichishgan. Kayfi oshgach, Salimjon qizaloqqa tegina boshlagan va bir soat davomida u bilan jinsiy munosabat yuritgan. Keyinchalik yigitning shaxsi aniqlandi. U 22 yoshli tojikistonlik muhojir bo'lib chiqdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Gumondor qidir ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Amerikalik taniqli reper 21 yoshida noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etdi
Автор: Voybu [2019-12-09]   Коментариев: [0]   Просмотров: [203]    
Amerikalik taniqli reper Juice Wrld (haqiqiy ismi — Jerad Entoni Xinggins) 21 yoshida Chikagoda vafot etdi, deb xabar beradi TMZ.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-dekabr kuni musiqachining ahvoli Los-Anjelesdan uchib kelganida, aeroportda yomonlashgan, og‘zidan qon oqa boshlagan. Shifokorlar uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazgan bo‘lsa-da, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Reperning o‘limiga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Juice Wrld o‘z faoliyati davomida ikkita studiya albomi va ikkita qo‘shiqlar to‘plamini chiqargan. Uning 2018-yilda chiqqan “Goodbye & Good Riddance” ilk diski AQSh xit-paradida to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, navbatdagi “Death Race for Love” plastinkasi esa yetakchi bo‘lgan. Jerad Entoni Xinggins Billboard 2019 mukofotida “Eng yaxshi artist” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan. рейтинг: 0.0
Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Автор: Voybu [2019-12-09]   Коментариев: [0]   Просмотров: [176]    
8-dekabr kuni ertalab soat 6:45 da Rossiyaning Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, yana bir o‘zbekistonlik fuqaro T.A. kuyib shifoxonaga joylashtirildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ayni paytda tegishli organlar tomonidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘lik konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk oblasti, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Toshkentda 15-dekabrdan ishonchli va arzon oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi
Автор: Voybu [2019-12-09]   Коментариев: [0]   Просмотров: [194]    
Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxt bozorlarida “O‘zbekoziqovqatxolding”ning oziq-ovqat yarmarkalari ochiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

“Yangi yil arafasida iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlariga talab oshishi tufayli ‘olibsotarlar’ tomonidan narxlarni sun’iy oshirib yuborishi holatlari uchrab turadi. Yana bir xavotirimiz ishlab chiqarish manbasi noma’lum bo‘lgan, inson sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi sifatsiz, kontrafakt va kontrabanda mahsulotlarning bozor rastalaridan joy olishi bilan bog‘liq.

Mana shunday holatlarning oldini olish, Yangi yil arafasida poytaxtimizdagi iste’mol bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlar narxining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida 15-dekabrdan Toshkent shahridagi dehqon bozorlarida ‘O‘zbekoziqovqatxolding’ kompaniyasi tizimidagi korxonalar tomonidan oziq – ovqat mahsulotlari savdosi tashkil etiladi”, — deyiladi xabarda.

Oziq-ovqat yarmarkalari poytaxtning eng yirik bozo ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2022 | |