Samarqand viloyatining Payariq tumanida uyini qo'shmachilik uchun bergan yigit qo'lga olindi.
Ma'lum bo'lishicha tumanda yashovchi 1993 yilda tug'ilgan A.N.ning yoniga T. ismli yigit kelib J. bilan jinsiy aloqada bo'lish uchun uyini 50 ming so'mga ijaraga so'raydi. O'zi ishsiz yurgan yigit A.N. bunga joyida ko'nadi va olgan pullarni sanayotganda tuman IIB JQB xodimlari tomonidan qo'lga olinadi. Aniqlanishicha yigit shu uyda ota-onasi vafot etgandan beri 2000 yildan yashab keladi.
Voqea yuzasidan bo'lib o'tgan sudda A.N. o'z qilmishiga chin dildan pushaymon ekann, u ushbu ishni pulga muhtoj bo'lib qolgani uchun qilganini aytgan va sud qaroriga ko'ra A.N.ga 250 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlandi.
рейтинг: 0.0
Samarqandda ichkilikka ruju qo'ygan turmush o'rtog'ini o'ldirgan ayolgan nisbatan sud hukmi o'qildi.
Joriy yilning 8 avgust kuni soat taxminan 17:00 atrofida Jomboy tumani «Samarqand» mahallasida yashovchi S.Xoljigitov spirtli ichimlik ta'sirida mast bo'lgan holda yashash uyiga kelib, uyining oshxonasida turmush o'rtog'i S.Sheykina bilan janjallashgan. S.Xoljigitov mazkur janjalni to'xtatmoqchi bo'lgan qizi N.Xoljigitova bilan ham og'zaki aytishib, uni urmoqchi bo'lgan.
Bu holatni ko'rgan N.Xoljigitovaning nikohsiz turmush o'rtog'i U.Fatkullin S.Xoljigitovni tinchlantirmoqchi bo'lgan. Bundan g'azablangan S.Xoljigitov U.Fatkullinga ham yopishib, u bilan yoqalashgan holda xonadon hovlisiga chiqib, janjalni davom ettirgan.
S.Sheykina turmush o'rtog'i S.Xoljigitovdan yanada nafratlanib, uni hayotdan mahrum qilish orqali oldindan bo'lib kelayotgan nizolarga barham berishni rejalashtirgan. Shu maqsadda S.Sheykina turmush o'rtog'i S.Xoljigitovni qasddan o'ldirishga qaratilgan maqsadini ama
... Читать дальше »
рейтинг: 0.0