Jabrlanuvchining onasi shu yil 11 dekabr kuni politsiya xodimlariga murojaat etib, 13 yashar qizini noma'lum kimsa zo'rlab, katta yo'l bo'yida qoldirib ketganini ma'lum qilgandi. Ona aytdiki, noma'lum kimsa o'sha kuni taxminan soat ertalabki to'qqizlarda Tambasov ko'chasiga mashinada kelib, maktabga yo'l olgan qizini kuch ishlatish yo'li bilan mashinasiga o'tqazgan. Agar baqir-chaqir qilsa, o'ldirib yuborish bilan qo'rqitgan. Qizaloq azbaroyi qo'rqib ketganidan miq eta olmagan. Erkak uni kimsasiz bog'ga olib kirib nomusiga tekkan. Keyin esa yo'l chetiga tashlab ketgan.
Hozirgi paytda politsiya xodimlari ko'chalardagi kuzatuv kameralarini o'rganishmoqda. Jinoyatchiga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
рейтинг: 0.0