Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Onlinedagilar: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [178]
Xitoyning Xenan provinsiyasida istiqomat qiluvchi qiz yigiti unga uylanishi uchun BMW avtomobili va yangi uyning hujjatlarini sovg'a qildi, deb xabar beradi AsiaOnega tayanib daryo.uz
24 yoshli Syaoszin o'zining Syaoke ismli sevgilisiga 11 dekabr kuni — tanishganiga bir yil to'lgani munosabati bilan oila qurishni taklif qilgan. U yigitni birinchi bor uchrashgan joylariga chaqirgan. Qiz uchrashuv joyini sharlar bilan bezab, uni kelin libosida kutib olgan. «Men barchasini tayyorlab qo'ydim. Senga mashina va uyning hujjatlarini sovg'a qilaman. Men sen bilan bo'lishni istayman. Menga uylanasanmi?», — degan qiz.
Keyinroq Syaoszin nima sababdan bunday yo'l tutganini izohlagan. Uning so'zlariga ko'ra, yigit doim qizga g'amxo'rlik qilgan va uning uchun ko'p narsadan voz kechgan.
Syaoszinning ta'kidlashicha, syurprizni tashkillashtirishda unga oilasi yordam bergan. Mashina va uyni qizning ota-onasi olib bergan. Biroq qiz hayotda muhimi pul emas, balki sevg
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [197]
Tayland politsiyachilari yaqindagina ozodlikka chiqqan 55 yoshli Somkit Pxumpxuang ismli seriyali manyakni qidirmoqda.
U o'z davrida barlarda, uqalash salonlarida ishlaydigan fohishalarni seriyali ravishda o'ldirish bilan shug'ullangani uchun 2005 yili bir umrga qamalgandi. Ammo Tayland qonunlari bo'yicha agar o'zini yaxshi tutsa, bir umrga qamalgan aristonlar ham muddatidan oldin ozod etilishi yoki jazo muddati qisqartirilishi mumkin. Xuddi shunday amnistiya mamlakat qiroli, qirolichasi tug'ilgan kun, yoki qirol olamdan o'tsa, o'rniga yangi qirol tayinlangan kun e'lon qilinadi. Somkit Pxumpxuang ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata bilgani uchun avvaliga muddatini qisqartirishdi. Shu yil mayida esa muddatidan oldin ozodlikka chiqdi. Afsuski, seriyali manyak yana o'z ishini davom ettira boshlabdi. Bu gal 51 yoshli fohisha ayol bilan tanishgan. Unga o'zini advokat deya tanishtirgan. Ammo hech qancha o'tmay, ayolni shafqatsizlarcha o'ldirgan.
Hozirgi paytda uning
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [201]
Bu dahshatli voqea Moskva viloyatidagi Vostochnыy posyolkasida sodir bo'ldi. Ismi-sharifi sir tutilgan 72 yoshli kampir uyidagi 51 yoshli ruhiy xasta va nogiron o'g'lini zaharlab o'ldirdi. Keyin esa o'z joniga qasd qildi. O'limidan oldin ukasiga qo'ng'iroq qilib, go'yo kvartira kalitini yo'qotib qo'ygani, zahira kalitni olib kelishini so'radi. So'ngra o'limoldi maktubini yozib qoldirdi. Maktubda nogiron o'g'ilga qarashdan charchaganini, nogironlar uyiga topshirish imkonidan mahrumligini, hammasi joniga tekkanini ochiq tan oldi va yaqinlaridan uzr so'radi.
Ukasi kvartiraga yetib kelib opasini pod'yezdda ko'rmagach, o'zi zahira kalit yordamida kvartira eshigini ochib ichkariga kirdi va dahshatli manzaraga guvoh bo'ldi.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [175]
Zarafshon shahrida IIB HPB profilaktika inspektori o‘zining hayotini xavf ostiga qo‘yib, xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erni qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Postda”.
14-dekabr kuni Zarafshon shahar 2-kichik tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan H.J. uyiga mast holda qaytib, arzimas sababni bahona qilib janjal ko‘targan. Spirtli ichimlik ta’sirida aql-hushini yo‘qotib, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini ayovsiz haqorat qilagan. Turmush o‘rtog‘i R.I.ni o‘ldirishini aytib, uyida pichoq izlay boshlagan.
Farzandlari uydagi kesuvchi jismlarni yashirishga ulgurgani sababli uydan qo‘lga ilinarli biror narsa topolmagan H.J. pichoq izlab ko‘chaga otlanganidan foydalangan R.I. hududda xizmat olib borayotgan Zarafshon shahar IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Farid Soibovga murojaat qiladi.
Vaziyatni to‘g‘ri baholagan profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi Z.Erkinov bilan birga voqea joyiga yetib borib, janjaldan o‘takasi
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [210]
Andijon viloyatining Asaka tumanida 50 yoshli erkak xotini va 18 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, voqea 16-dekabr kuni soat 02:00 larda yuz bergan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro H.A. 50 yoshli turmush o‘rtog‘i D.A. va 18 yoshli qizi X.X.ning doimiy e’tirozlaridan charchab, ulardan o‘ch olish maqsad qilgan.
U turmush o‘rtog‘i uxlab yotganligidan foydalanib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 3 marotaba va biqin qismiga 2 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng, qizini oldiga go‘yoki kiyimlarini topib berishini aytib chaqirib, pichoq bilan ko‘krak qismiga 1 marotaba, biqin qismiga 5 marotaba, tanasining orqasiga 9 marotaba va bilak qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan H.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2019-12-18] Коментариев: [0] Просмотров: [205]
O‘zbekistonda 2019-yil 26-dekabr kuni halqasimon quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyosh tutilishi 26-dekabr kuni ertalab soat 8:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi. Soat 9:00 atrofida tutilish eng yuqori darajaga yetadi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.
рейтинг: 0.0
|
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
Друзья сайта |
|
 |
|