Chorshanba, 2022-05-25, 11:47 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 706
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 3
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 1
blanchear1

Yunusoboddagi metro qurilishiga qurishni bilmaydigan temiryo‘l tizimi xodimlari ham jalb etilgani ma’lum qilindi
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [198]    
Qarshidagi bog‘chada xotinini rashk qilib u yerda ishlovchi erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 18-dekabr kuni soat 11:00 larda sodir bo‘lgan.

39 yoshli erkak A.B. 33 yoshli turmush o‘rtog‘i M.Q.ni 51 yoshli hamkasbi B.N.dan rashk qilib, oshxona pichog‘i bilan B.N.ning ko‘krak qafasining turli joylariga urib, bo‘ynidan kesib, qasddan o‘ldirgan.

Turmush o‘rtog‘ini ham o‘ldirmoqchi bo‘lganda hodisa joyiga yetib kelgan IIB xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi (Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. рейтинг: 0.0
Dunyo bo‘yicha nechta odam sigareta chekadi?
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [195]    
Dunyo bo‘yicha ilk bor tamakiga qaram erkaklar soni kamaymoqda. Bu haqda 19 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lum qildi.

Tashkilot tomonidan chop etilgan ma’ruzaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ilk bor erkaklar orasida tamaki iste’mol qiluvchilar soni o‘sishi to‘xtadi. «Regnum» 2020 yilda ularning soni 2 millionga qisqarishini yozmoqda. Bu «tamaki epidemiyasida kuchli o‘zgarish»dan dalolat.

JSST ekspertlarining fikriga ko‘ra, erkaklar orasida chekuvchilar soni pasayishiga sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va chekishning zararini tushuntirishga qaratilgan turli aksiyalar sabab bo‘lgan. Albatta, bu borada davlat siyosati ham katta ahamiyatga ega.

— Erkaklar orasida chkuvchilar soni pasayishini birinchi marta ko‘rib turibmiz. Bunga tamaki sanoatiga nisbatan hukumatning qat’iy chora-tadbirlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, — deya ta’kidlaydi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

2020 yilda tamaki iste’mol qiluvchi erkaklar ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [201]    
Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni yuz bergan va kamida olti ishchining o‘limiga sabab bo‘lgan tuproq ko‘chishi hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Ish Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan. “Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi idora axborotida.

inoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilsa va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

258-modda esa tog‘-kon, qurilish yo ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Yunusoboddagi fojiada halok bo‘lgan olti ishchining oilalariga 100 mln so‘mdan kompensatsiya berildi
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [206]    
Toshkentdagi “Yunusobod” metro yo‘lining davomini qurish bilan shug‘ullanayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi Husnitdin Hosilov barcha xodimlar va shaxsan o‘z nomidan 18-dekabr kuni yuz bergan tuproq ko‘chishi oqibatida halok bo‘lgan ishchilarning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishining jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan.

“O‘rnini to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish sabab qalbim qayg‘u va dardga to‘la. Bu yigitlar o‘z yaqinlari uchun ko‘plab yaxshiliklar qilgan haqiqiy qahramonlar sifatida abadiy xotiramizda qoladi”, — deya raisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Inson hayoti bebaho va o‘z yaqinini yo‘qotgan oilalar uchun hech narsa marhumlarning o‘rnini to‘liq to‘ldira olmaydi. Biz fojiali halok bo‘lgan yigitlar oilalarining munosib turmushi uchun qo‘limizdan kelgan barcha choralarni ishga solishga o‘z nomimdan va’da beraman”, — deya qo‘shimcha qilgan Husnitdin Hosilov.
... Читать дальше » рейтинг: 0.0
O‘zgidromet Qamchiq dovonida qor yog‘ib, tuman tushishi va shamol kuchayishidan ogohlantirdi
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [194]    
O‘zgidrometning xabar berishicha, 21—22-dekabr kunlari A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi mumkin.

Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 18—23 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda. рейтинг: 0.0
Qoraqalpog‘istonda Nukus City’ning qurilishi boshlandi
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [198]    
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Nukus City loyihasining qurilish ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Nukus shahar hokimi vazifasini bajaruvchi P.Tureshov, qurilish tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Nukusda qad rostlayotgan Nukus City shaharning eng so‘lim maskanlaridan biriga aylanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dastlabki yili 2 ta 7 qavatli va 2 ta 16 qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Kelajakda ular qatoridan bir qancha ko‘p qavatli turarjoylar va villalar, zamonaviy savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari o‘rin oladi.

Shu kunning o‘zida 7 va 16 qavatli uy-joyning tamal toshi qo‘yilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi. рейтинг: 0.0
Yunusoboddagi metro qurilishida oltinchi qurbon tuproq ostidan olib chiqildi
Автор: Voybu [2019-12-19]   Коментариев: [0]   Просмотров: [210]    
Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘lining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni favqulodda vaziyat vujudga kelgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar berishlaricha, voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18-dekabr va 19-dekabr kunlari olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;

1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;

1999-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;

1986-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;

1996-yilda tug‘ilgan, Sam ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2022 | |