Bu fojiali manzara Xitoyning Chunsin shahrida kuzatildi. Ko'p qavatli bino ustidan nimadir sabab bilan Xubey viloyatidan kelgan 31 yoshli erkak yerga qulab tushdi. Tasodifni qarangki, xuddi shu mahal bino yonidan 15 va 17 yoshli qizlar maktabdan uyga qaytishayotgandi. Erkak to'g'ri kelib o'sha ikki qizning ustiga quladi. Uchchala jabrlanuvchini ham zudlik bilan kasalxonaga olib borishdi. Afsuski, ularning hech birini saqlab qola olishmadi. Vrachlar qancha harakat qilishmasin, uchchovlari ham olamdan o'tdi.
Shu yil oktyabr oyida Londondagi ko'p qavatli uyning uchinchi qavatidan joniga qasd qilish niyatida yerga sakragan erkak ayol kishining ustiga tushib uning umurtqa pog'onasini sindirgandi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, erkak o'sha mahal narkotik qabul qilgan ekan.
рейтинг: 0.0