Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Onlinedagilar: 2 Mexmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2020-01-11] Коментариев: [0] Просмотров: [261]
Polshada 8-yanvar kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik I.R. ko‘p sonli jarohatlar bilan og‘ir ahvolda Varshavadagi Harbiy-tibbiy instituti Markaziy klinik shifoxonasining intensiv terapiya klinik bo‘linmasiga yotqizilgan va muolaja olmoqda.
“YTH bo‘yicha Varshava shahrida politsiya tergov tadbirlarini olib bormoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi bergan axborotga asoslanib.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, I.R. universitetlardan biriningtalabasi hisoblanadi (biroq vazirlik axborotida u aynan qayerda o‘qishiga aniqlik kiritilmagan). Elchixona Konsullik bo‘limi vakillari klinikaga borib, bemorning holidan xabar olgan va ayni vaqtda vatandoshning qarindoshlarini qidirmoqda.
Polsha hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Varshavadagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +48-22-894-62-30 (2).
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2020-01-11] Коментариев: [0] Просмотров: [257]
10-yanvar kuni soat taxminan 12:25 da yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasidan o‘tuvchi “Chortoq—Namangan” bekatlari oralig‘idagi 96-kilometr 2-piketida ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni kesib o‘tayotgan 2-guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.
Oqibatda Z.Ya. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborotida.
Xuddi shu kuni soat 20:50 da 7-sonli “Moskva—Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi “Zarafshon—Jomboy” bekatlari oralig‘idagi 3710-kilometrda ketayotgan vaqtida, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 53 yoshli piyoda R.B.ni urib yuborgan.
Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan. “Holat yuzasidan Samarqand viloyat Transport prokuraturasi tomonidan t
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2020-01-11] Коментариев: [0] Просмотров: [208]
Sankt-Peterburg shahri Primorye tumanida O'zbekiston fuqarosi tanasi topilgan, deb xabar berdi O'zbekiston TIV matbuot xizmati Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonadan olgan ma'lumotga tayanib.
Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston fuqarosi qurilayotgan obektning 16-qavatidan tushib ketgan. Ayni paytda tergov tadbirlari o'tkazilmoqda.
«Bosh konsulxona mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi hamda O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda vatandoshimizning jasadini vatanga yuborishga oid konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda», – deyilgan xabarda.
рейтинг: 0.0
|
{Yangiliklar}
Автор: Voybu [2020-01-11] Коментариев: [0] Просмотров: [257]
AQShning “Gasting Bronkos” klubi futbolchisi Erik Birigitti Avtraliyadagi ta’til vaqtida fojiali o‘lim topdi.
El Caso’ning xabar qilishicha, 21 yoshli germaniyalik futbolchi qoyali sohilda sayr qilib yurgan vaqtda kutilmaganda sirpanib, suvga tushib ketadi. Dengiz to‘lqinlari uni shu zahotiyoq oqizib ketgan.
Futbolchining do‘stlari unga yordam berishga urinadi, biroq harakatlar samara bermaydi. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmati yetib keladi. Tunga borib dengizdan futbolchining tana qismlari topiladi.
Dastlabki ma’lumotlarga asosan, Birigittiga ochiq dengizda akulalar hujum qilgan. Biroq u vaqtda futbolchi tirik holatda bo‘lgani yoki joni uzilgani haqida ma’lumot yo‘q.
рейтинг: 0.0
|
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
Друзья сайта |
|
 |
|