O‘tgan yil oxirida Xorazm viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasida uch oy davomida majburiy davolangan bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etganini ma’lum qildi.
“Hurmatli vatandoshlar, men o‘z yurtimni tark etib ketishga majbur bo‘ldim. Buni jur’atsizlik yoki qochib ketish deb baholamasliklaringizni, aksincha, tark etib ketish deb bilishlaringizni xohlardim”, — deb yozgan u Facebook’dagi sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida unga bir necha bor bosim o‘tkazilgan, shoir va jurnalist Mahmud Rajapovning Xorazmdan Toshkentga piyoda yurish kampaniyasini yoritgandan so‘ng ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani esa uning o‘zgarishlarga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan.
Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilib, Toshkentga qaytgach, u yo‘qligida uyiga uch marta ruhiy bemorlar ro‘yxatiga kiritish uchun shifokorlar kelgan. Nafosat Olloshukurovaning fikricha, ularning maqsadi uni yana ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylash
... Читать дальше »
рейтинг: 0.0