Dushanba, 2023-01-30, 1:43 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 706
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

SIRDARYoDA AVTOHALOKAT SODIR BO'LDI. 5 KIShI O'LIM TOPDI…
Автор: Voybu [2020-02-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [232]    
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida shu yil 1 fevral kuni soat 08: 30 da «Cobalt» avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi 19 yoshli Sh. B boshqaruvni yo'qotib mashinani qarama-qarshi tarafdan kelayotgan 21 yoshli S. M. boshqaruvidagi «Damas» avtomobiliga borib urgan. Oqibatda «Damas» haydovchisi va yo'lovchilar 55 yoshli Sh. A., 27 yoshli D. E. hamda 28 yoshli M. S. lar olingan jarohatlar tufayli o'sha joyning o'zida halok bo'ldi. Yana uch nafar yo'lovchi kasalxonaga olib ketildi. Yo'lovchilardan biri 24 yoshli S. A. vrachlarning sa'y-harakatlariga qaramay, kasalxonada olamdan o'tdi. рейтинг: 0.0
Surxondaryoda mast erkak ayol tanishini do‘pposlab o‘ldirib qo‘ydi
Автор: Voybu [2020-02-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [244]    
Joriy yilning 28-yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda, Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro 41 yoshli R.N. (ayol) tanishi 36 yoshli E.L.ni uyiga mehmonga chaqirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Ikkovlon spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro janjallashib qolgan, janjal vaqtida E.L. fuqaro R.N.ni tanasining turli joylariga bir-necha marotaba qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib, o‘ta shafqatsizlik bilan do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan.

Voqeadan so‘ng fuqaro R.N. uyidan chiqib ketib, taxminan 600 metr masofa yurib, yerga yiqilgan va ichki a’zolari, bosh miyasiga yetkazilgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan, deb yozmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi ya’ni Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi
Автор: Voybu [2020-02-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [225]    
Rossiya koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sababli Xitoyning Xubey provinsiyasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Xubey provinsiyasidan mustaqil ravishda chiqib ketishning iloji yo‘q, chunki hududda karantin joriy etilgan.

31-yanvar kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ikki holat qayd etildi. Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, koronavirus sababli Rossiya—Mo‘g‘uliston chegarasini kesib o‘tish cheklangan hamda Uxan shahri va Xubey provinsiyasini tark etishni istagan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish boshlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uxanda 300, Xubeyda 341 nafar Rossiya fuqarosi bor.

Evakuatsiya qilingan fuqarolar Rossiyada aeroportga qo‘nishlari bilanoq qo‘shimcha epidemiologik nazoratdan o‘tkaziladi. рейтинг: 0.0
Turkmaniston koronavirus sabab O‘zbekiston bilan chegarani yopdi
Автор: Voybu [2020-02-01]   Коментариев: [0]   Просмотров: [230]    
Turkmaniston 31-yanvardan boshlab O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan “Shovot” va “Farap” nazorat-o‘tkazish punktlarini yopdi, deb xabar beradi “Turkman.news”.

Ta’kidlanishicha, bu Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.

O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasi esa o‘tkazish punktlari odatdagi rejimda ishlayotganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyining so‘nggi kunlarida nazorat-o‘tkazish punktlari ochiq bo‘lsa-da, O‘zbekiston sanitar nazoratni kuchaytirgan va chegarani faqat tibbiyot niqoblarini taqqan holda kesib o‘tishga ruxsat bergan. Aks holda fuqarolar ortiga qaytarib yuborilgan.

Toshhovuzdagi manbalarning ma’lum qilishicha, yangi talablar sabab Turkmaniston tomonidagi mahalliy aholi o‘zlari uchun biznesni ham boshlab yuborgan: Turkmaniston nazorat-o‘tkazish punktlari oldida niqoblar 3 manatdan sotilmoqda. Shahar dorixonalarida esa 3 dona tibbiyot niqobi 2 m ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Fevral 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |