Shanba, 2023-12-09, 1:07 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 712
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Trixolog-shifokor: “Soqol koronavirusdan himoya”
Автор: Voybu [2020-03-05]   Коментариев: [0]   Просмотров: [277]    
Trixolog-shifokor Olga Koxas Sputnik radioga bergan intervyusida yuqumli kasallik davrida soqol va mo'ylovini qirish kerakmi va zarur choralar haqida o'z fikrlarini aytdi.

Koronavirusning yangi turining dunyo bo'ylab tarqalishi bir qator afsonalarni keltirib chiqardi. Masalan, tibbiy niqobni kiyganda, erkaklar yuzga yopishib turishi uchun soqolni qirib tashlashlari kerak degan fikrlar paydo bo'ldi.

Bunday fikrlarga hech qanday asoslar yo'q, deydi Olga Koxas.

“Koronavirus shunchalik maydaki, teri orqali o'tadi. Odam kiyimsiz yursa, kasal bo'lish ehtimoli ko'proq.

Soqol va mo'ylov – bu uzun sochlar, sochlar esa himoya funksiyasiga ega. Soqol va mo'ylov — bu himoya deb, ta'kidlagan bo'lardim”, — deb ta'kidladi shifokor.

Biroq, bu himoya faqat gigiena qoidalariga rioya qilgan holda o'z natijasini beradi, deydi shifokor.

“Soqol va mo'ylovni parvarish qilish kerakligini anglash kerak. Soqolni nafaqat suv bilan, bal ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Singapurda Turkiyadan uchib kelgan fuqaroda koronavirus aniqlandi
Автор: Voybu [2020-03-05]   Коментариев: [0]   Просмотров: [240]    
Singapur hukumati 3-mart kuni Turkish Airlines’ning TK54 reysi bilan Istanbuldan uchib kelgan yo‘lovchilardan birida koronavirus aniqlanganini tasdiqladi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bemor bilan aloqada bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar ham nazoratga olingan.

Hozirga qadar Turkiyada koronavirus aniqlanmadi. Singapurda esa 100 dan ortiq kishi virusni yuqtirib olgan.

“Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi 4-mart kuni kechqurun Turkiyadan uchib kelgan yo‘lovchida COVID-19 koronavirusi aniqlanganini tasdiqladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 4-mart kuni Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan TK55 reysi belgilangan vaqtda parvozni amalga oshirmagan.

Singapur transport vazirligi, fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi va aeroport hukumati aviakompaniya va yo‘lovchilar bilan doimiy aloqada ekanligi aytilmoqda.

Xitoyda 4-mart holatiga ko‘ra, yang ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Eronning yirik shaharlarida koronavirus sabab juma namozlari bekor qilindi
Автор: Voybu [2020-03-05]   Коментариев: [0]   Просмотров: [239]    
Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida yangi turdagi koronavirus sabab juma namozlari rasman bekor qilindi. Bu haqda juma imomlari kengashi rahbari Ali Akbariyga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha milliy shtabning qaroriga ko‘ra, mamlakatning barcha viloyatlarning ma’muriy markazlarida ushbu haftada juma namozi o‘qilmaydi”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19-fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat qayd etilganini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga yetgan. Avvalroq Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchining koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda ular davolanmoqda.

... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Indoneziya hukumati koronavirusga chalinganlarni kimsasiz orolga joylashtiradi
Автор: Voybu [2020-03-05]   Коментариев: [0]   Просмотров: [243]    
Indoneziya hukumati koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni kimsasiz Galang oroliga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Xadi Tyajantoga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Indoneziyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat aniqlangan.

Tyajantoning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallanganlar Galang orolida 1979—1996-yillarda vyetnamlik qochoqlar uchun mo‘ljallangan lagerning saqlanib qolgan bir nechta binosiga joylashtiriladi.

Bosh qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, oroldagi gospital karantin markazi vazifasini ham bajaradi.

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum turdagi respirator virus tarqalgani haqida ogohlantirgan. Mutaxassislar ushbu infeksiyaning koronavirus ta’sirida vujudga kelayotganini aniqlagan. JSST epidemiya sabab koronavirus tarqalishini xalqaro dara ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi
Автор: Voybu [2020-03-05]   Коментариев: [0]   Просмотров: [241]    
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi 4-martdan boshlab aholini koronavirusdan himoyalanish haqida SMS xabarlar orqali ogohlantira boshladi.

“Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuving!” , — deyiladi vazirlik tomonidan yuborilgan birinchi SMS xabarda.

5-mart kuni esa mobil aloqa foydalanuvchilariga Sog‘liqni saqlash vazirligining ikkinchi ogohlantirishi yetib keldi. Unda vazirlik aholidan og‘iz va burunni yopib yurishni so‘ramoqda:

“Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi: Koronavirusdan o‘zingizni va boshqalarni asrang! Og‘iz va burningizni yengingiz, salfetka yoki dastro‘mol bilan yoping”.

Eslatib o‘tamiz, 3-mart kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi xabarlar mutlaqo yolg‘on bo‘lib, ayni p ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |