Dushanba, 2023-10-02, 11:34 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 711
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 10
Mexmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0

Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi
Автор: Voybu [2020-03-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [229]    
O‘zbekistonda barcha maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va oliy ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida 16-martdan e’tiboran karantinga yopiladi.

Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Manbalarning ta’kidlashicha, ta’lim muassasalaridagi karantin uch haftagacha davom etishi mumkin.

Avvalroq, 15-mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlangani, u Toshkentda istiqomat qiluvchi ayol ekani, 11-mart kuni Fransiyadan qaytgani haqida xabar berilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor ayolning barcha oila a’zolari tibbiy kuzatuvga olingan, shuningdek, u bilan birga bir reysda uchib kelgan 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi ham nazoratga olinmoqda. рейтинг: 0.0
Koronavirus aniqlangan o‘zbekistonlik ayol Parijdan Toshkentga 11-mart kuni kelgan
Автор: Voybu [2020-03-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [245]    
O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemor Uzbekistan Airways’ning 10-martdagi Parij—Toshkent reysida kelgan (reys Toshkent vaqti bilan 11-martga o‘tar kechasi qo‘ngan). Bu haqda “Interfaks” agentligi o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgani, bemor o‘zbekistonlik ayol ekani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning oila a’zolari ham tibbiy kuzatuvga olingan.

“Interfaks”ning qo‘shimcha qilishicha, Parijdan Toshkentga bemor ayol bilan birga yana 48 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi uchib kelgan. Ular orasida 24 nafar tranzit yo‘lovchi, jumladan, to‘rt nafar fransiyalik, bir nafardan Italiya va Braziliya fuqarolari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 14-martdan Fransiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi 14-mart kuni o‘zbekistonliklarga vaqtincha Fransiyaga bormay tu ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 156 mingdan oshdi. 5819 kishi vafot etdi
Автор: Voybu [2020-03-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [221]    
15-mart holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 156 mingdan oshdi. Ulardan 72 624 nafari sog‘aydi, 5819 nafari esa vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

15-mart, yakshanba kuni, soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Koronavirus bilan kasallangani O‘zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. “Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo‘lib, so‘ng Vatanga qaytgan. Ayol qaytgan reysda, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 48 yo‘lovchi, shuningdek, ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ularning barchasi izolyatsiyaga olinmoqda. рейтинг: 0.0
“Hamma bir kun o‘ladi”. Ramzan Qodirov koronavirusdan qo‘rqmaslikka va sarimsoq yeyishga chaqirdi
Автор: Voybu [2020-03-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [229]    
Checheniston rahbari insonlarni koronavirusdan qo‘rqmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi BBC.

Qodirovning qayd etishicha, biron kasallikdan yoki boshqa sabablarga ko‘ra hamma bir kun o‘ladi.

Checheniston rahbari bu gaplarni yaqinda bo‘lib o‘tgan, mintaqada yashovchi odamlarga qarata aytilgan majlisda ta’kidlab o‘tdi.

“Odamlar Xitoyda paydo bo‘lgan virusni deb uxlamayapti. Kasallik ularni ham nobud qilishidan qo‘rqyapti. Kutib turing, kun kelib shunday ham o‘lasiz”, — deydi Qodirov.

Qodirov chechenistonliklarni taqdirga bitilgan kundan avval o‘lishga urinmaslikka chaqirdi. U hamma koronavirus haqida gapirayotgani, biroq minglab odamlar gripp va boshqa yuqumli kasalliklardan ham o‘layotganini aytib o‘tdi.

U yangi turdagi virusni sog‘lom odamlar tez yengib o‘tishini ta’kidladi. Immuniteti past insonlar kasallikni yenga olmaydi, dedi u.

Shuning uchun Checheniston rahbari barchani immunitetni mustahkamlashga chaqird ... Читать дальше » рейтинг: 0.0
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. Bemor Fransiyadan kelgan
Автор: Voybu [2020-03-15]   Коментариев: [0]   Просмотров: [237]    
15-mart kuni soat 6:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi ma’lum qildi.

“Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda”, — deyiladi agentlik axborotida. Agentlik holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Janubiy Koreyadagi O‘zbekiston fuqarosida koronavirus kasalligi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. рейтинг: 0.0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |