Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 207 kishiga ko‘payib, 1936 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“19-may kuni kechki payt holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 207 ta yangi holat qayd etilgan va kasallanganlar soni 1936 kishiga yetgan, oxirgi bir sutkada kasallikdan hech kim vafot etmagan”, — deya ma’lum qilingan vazirlik tomonidan.
Xabar berilishicha, ayni paytda mamlakatda 3781 kishi karantinda turibdi, so‘nggi kunlarda 641 kishi karantindan chiqarilgan.
...
Читать дальше »
рейтинг: 0.0
|