Главная » 2019 » Dekabr » 18 » 72 yoshli kampir ruhiy xasta va nogiron o'g'lini o'ldirib, o'zi ham o'lim topdi…
7:53 AM
72 yoshli kampir ruhiy xasta va nogiron o'g'lini o'ldirib, o'zi ham o'lim topdi…
Bu dahshatli voqea Moskva viloyatidagi Vostochnыy posyolkasida sodir bo'ldi. Ismi-sharifi sir tutilgan 72 yoshli kampir uyidagi 51 yoshli ruhiy xasta va nogiron o'g'lini zaharlab o'ldirdi. Keyin esa o'z joniga qasd qildi. O'limidan oldin ukasiga qo'ng'iroq qilib, go'yo kvartira kalitini yo'qotib qo'ygani, zahira kalitni olib kelishini so'radi. So'ngra o'limoldi maktubini yozib qoldirdi. Maktubda nogiron o'g'ilga qarashdan charchaganini, nogironlar uyiga topshirish imkonidan mahrumligini, hammasi joniga tekkanini ochiq tan oldi va yaqinlaridan uzr so'radi.
Ukasi kvartiraga yetib kelib opasini pod'yezdda ko'rmagach, o'zi zahira kalit yordamida kvartira eshigini ochib ichkariga kirdi va dahshatli manzaraga guvoh bo'ldi.