Seshanba, 2021-09-21, 5:37 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 702
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 6
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 2
maygg, ronin18

11:21 AM
Angliyada 30 yoshli erkak tug‘ilgan kunida do‘stlarining omadsiz hazili oqibatida vafot etdi

Angliyaning Sharqiy Yorkshir grafligida do‘stlarining qo‘pol hazili sabab tug‘ilgan kunini nishonlayotgan 30 yoshli Saymon Xolder vafot etdi, deb xabar beradi Daily Star.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz o‘zining 30 yoshga to‘lganini do‘stlari bilan katerda sayr qilib nishonlamoqchi bo‘lgan. Qaysidir onda ular tug‘ilgan kun egasi bilan hazillashishga qaror qilib, uni suvga itarib yuborgan. Saymon suv yuzasiga suzib chiqqan, biroq katerga chiqmoqchi bo‘lganida, suzish parragiga ilashib qolgan.

Erkakni parrak harakati to‘xtaganidan keyingina suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. U oyog‘idagi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Amalga oshrilgan barcha zaruriy muolajalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishni imkoni bo‘lmagan. Saymon ko‘p miqdorda qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan.

Huquq-tartibot organlari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov ishlarini yakunlagan. Natijada Xolder baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xulosaga kelingan.

Avvalroq xitoylik kelin to‘y fotosessiyasi vaqtida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 54 | Добавил: Voybu | Теги: Angliyada 30 yoshli erkak tug‘ilgan | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |