Payshanba, 2020-07-02, 11:12 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [222]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 683
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 18
Mexmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0

8:21 AM
AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 7 ming kishidan oshdi
AQShda koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 7 ming kishidan oshdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatayotgan Jon Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan. O‘tgan ikki kun ichida mamlakatdagi qurbonlar soni 2 mingdan oshib ketdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 koronavirusi oqibatida 7152 kishi vafot etdi. Virus bilan kasallanganlar soni 277 ming kishidan oshib ketgan.

AQSh qurbonlar soni bo‘yicha Italiya va Ispaniyadan keyin uchinchi o‘rinda ketmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra koronavirus oqibatida Italiyada 14 681 kishi, Ispaniyada esa 11 198 kishi vafot etgan.

Avvalroq Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Prezident Donald Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini ma’lum qilib, amerikaliklarni oldinda juda og‘ir ikki hafta kutib turgani haqida ogohlantirgan edi. Kuni kecha Trampning o‘zi koronavirusga ikkinchi bor test topshirgani ma’lum bo‘ldi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 54 | Добавил: Voybu | Теги: AQShda koronavirus oqibatida vafot | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Aprel 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |