Payshanba, 2020-01-23, 1:43 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [183]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 672
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

12:58 PM
Bosh prokuratura Yunusobod metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Aybdorlar ko‘pi bilan 5 yilgacha qamalishi mumkin
Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘nalishining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni yuz bergan va kamida olti ishchining o‘limiga sabab bo‘lgan tuproq ko‘chishi hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Ish Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan. “Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi idora axborotida.

inoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini shu qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilsa va odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

258-modda esa tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni nazarda tutadi.

Avvalroq fojia munosabati bilan tashkil etilgan komissiya topshirig‘i bilan halok bo‘lgan olti ishchining oilalariga 100 million so‘mdan kompensatsiya puli topshirilgani, shuningdek, ularning dafn marosimlarini o‘tkazishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish haqida topshiriq berilgani ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 22 | Добавил: Voybu | Теги: Bosh prokuratura Yunusobod metrosi | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |