Seshanba, 2021-10-19, 7:42 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 702
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

6:24 PM
Bugun saharda Sirdaryodagi xonadonlardan birida sodir bo'lgan katta yong'inda ota-bola yonib ketdi

Bugun, saxar soat 03:00larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko'chasi 23-uyda katta yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, Sirdaryo tumani FVB navbatchi-dipetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko'chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan (vremyanka) xonaning 38 kv.m. maydonida yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida habar kelib tushgan. Yong'in joyiga, jangovar ekipajlar soat 03 dan 18 daqiqa o'tganda yetib borib, 03 dan 21 daqiqa o'tganda qurshab olingan va 03 dan 55 daqiqa o'tganda bartaraf etilgan.

Yong'in natijasida, yashash uyi ichida bo'lgan, uy egasi 1974 yilda tug'ilgan M.I. va uning o'g'li 2001 yilda tug'ilgan M.Qlarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.

Shuningdek, yong'in sodir bo'lgan xonadonda bo'lgan uy egasining o'g'li 2004 yilda tug'ilgan M.Q va uy egasining jiyani 2006 yilda tug'ilgan S.Qlar kuyish tan jarohati olganlar.

Yong'inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hozirda holat bo'yicha tuman Prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Fuqarolarimizdan yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini so'rab qolamiz. O'zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligiga befarq bo'lmang!» deyiladi Boshqarma xabarida.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 75 | Добавил: Voybu | Теги: Bugun saharda Sirdaryodagi xonadonl | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |