Payshanba, 2020-01-23, 1:42 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [183]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 672
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 8
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 0

1:06 PM
Dunyo bo‘yicha nechta odam sigareta chekadi?
Dunyo bo‘yicha ilk bor tamakiga qaram erkaklar soni kamaymoqda. Bu haqda 19 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lum qildi.

Tashkilot tomonidan chop etilgan ma’ruzaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ilk bor erkaklar orasida tamaki iste’mol qiluvchilar soni o‘sishi to‘xtadi. «Regnum» 2020 yilda ularning soni 2 millionga qisqarishini yozmoqda. Bu «tamaki epidemiyasida kuchli o‘zgarish»dan dalolat.

JSST ekspertlarining fikriga ko‘ra, erkaklar orasida chekuvchilar soni pasayishiga sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti va chekishning zararini tushuntirishga qaratilgan turli aksiyalar sabab bo‘lgan. Albatta, bu borada davlat siyosati ham katta ahamiyatga ega.

— Erkaklar orasida chkuvchilar soni pasayishini birinchi marta ko‘rib turibmiz. Bunga tamaki sanoatiga nisbatan hukumatning qat’iy chora-tadbirlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, — deya ta’kidlaydi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.

2020 yilda tamaki iste’mol qiluvchi erkaklar soni dunyo bo‘yicha 1 mlrd 91 mln.gacha, 2025 yilga kelib esa 1 mlrd 87 mln.gacha payishi kutilmoqda. 2018 yilda dunyo bo‘yicha 1 mlrd 337 mln kishi sigareta chekkan. JSSTning fikricha, chekish tufayli yiliga 8 mln kishi hayotdan ko‘z yummoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 20 | Добавил: Voybu | Теги: Dunyo bo‘yicha nechta odam sigareta | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |