Yakshanba, 2020-04-05, 5:22 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [208]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 675
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 15
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 1
Propdieli

2:25 PM
“Hamma bir kun o‘ladi”. Ramzan Qodirov koronavirusdan qo‘rqmaslikka va sarimsoq yeyishga chaqirdi
Checheniston rahbari insonlarni koronavirusdan qo‘rqmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi BBC.

Qodirovning qayd etishicha, biron kasallikdan yoki boshqa sabablarga ko‘ra hamma bir kun o‘ladi.

Checheniston rahbari bu gaplarni yaqinda bo‘lib o‘tgan, mintaqada yashovchi odamlarga qarata aytilgan majlisda ta’kidlab o‘tdi.

“Odamlar Xitoyda paydo bo‘lgan virusni deb uxlamayapti. Kasallik ularni ham nobud qilishidan qo‘rqyapti. Kutib turing, kun kelib shunday ham o‘lasiz”, — deydi Qodirov.

Qodirov chechenistonliklarni taqdirga bitilgan kundan avval o‘lishga urinmaslikka chaqirdi. U hamma koronavirus haqida gapirayotgani, biroq minglab odamlar gripp va boshqa yuqumli kasalliklardan ham o‘layotganini aytib o‘tdi.

U yangi turdagi virusni sog‘lom odamlar tez yengib o‘tishini ta’kidladi. Immuniteti past insonlar kasallikni yenga olmaydi, dedi u.

Shuning uchun Checheniston rahbari barchani immunitetni mustahkamlashga chaqirdi.

U limon va asalni suvga aralashtirib ichishni va uyda o‘tirishni tavsiya qildi.

“Sarimsoq yeng, qon tozalanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Qodirov.

Rossiyada 13-mart holatiga ko‘ra, 45 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 42 nafari rossiyalik, ikki nafari xitoylik va bir nafari Italiya fuqarosi hisoblanadi. Avvalroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi sakkiz kishi, shu jumladan, barcha xorijliklar sog‘aygani va kasalxonadan chiqarilganini ma’lum qilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 16 | Добавил: Voybu | Теги: “Hamma bir kun o‘ladi”. Ramzan Qodi | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |