Chorshanba, 2020-04-08, 5:53 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [208]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 675
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 17
Mexmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0

2:12 PM
Hindistonda uch yoshli bolada koronavirus aniqlandi
Hindistonning Kerala shtatida shifokorlar uch yoshli bolaga koronavirus tashxisini qo‘ydi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Bola ota-onasi bilan Italiyadan qaytgach, unda kasallik alomatlari paydo bo‘lgan.

Bu Hindistonda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq holatlarning 41-si bo‘ldi. Uch kishi kasallikdan tuzalgan va uyga javob berilgan.

7-mart kuni Italiyadan Hindistonga uchib kelgan bolaning tana harorati o‘lchanganida unda isitma aniqlangan. Shu sabab oila karantinga olinib, bola qayta tekshirilgan. Tahlil natijalari unda koronavirus mavjudligini ko‘rsatgan.

Xitoyda epidemiya boshlaganidan buyon koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 735 kishiga yetgan. Jami 58,6 ming bemor tuzalgani aytilmoqda. Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshib ketdi.

Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar sonining foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib turibdi — u yerda har 1 million aholiga 142,1 nafar tasdiqlangan bemor to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda — Italiya (121,9 bemor), uchinchi o‘rinda— Eron (80,9 bemor), to‘rtinchi o‘rinda esa Xitoy (58,3 bemor).

8-mart kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan mamlakatning 14 ta provinsiyasida kirish-chiqishni yopgan edi. 3-aprelga qadar yopilgan hududlar orasida Lombardiya, Rimini, Modena, Novara va boshqalar bor. Bundan tashqari, 14 ta provinsiyada maktab, muzey, sport zallari yopilgan, diniy marosimlar to‘xtatilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Voybu | Теги: Hindistonda uch yoshli bolada koron | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |