Chorshanba, 2020-04-08, 6:35 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [208]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 675
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0

11:49 AM
Indoneziya hukumati koronavirusga chalinganlarni kimsasiz orolga joylashtiradi
Indoneziya hukumati koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni kimsasiz Galang oroliga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Xadi Tyajantoga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Indoneziyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha ikkita holat aniqlangan.

Tyajantoning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan kasallanganlar Galang orolida 1979—1996-yillarda vyetnamlik qochoqlar uchun mo‘ljallangan lagerning saqlanib qolgan bir nechta binosiga joylashtiriladi.

Bosh qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, oroldagi gospital karantin markazi vazifasini ham bajaradi.

Xitoy hukumati 2019-yil 31-dekabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xubey provinsiyasining Uxan shahrida noma’lum turdagi respirator virus tarqalgani haqida ogohlantirgan. Mutaxassislar ushbu infeksiyaning koronavirus ta’sirida vujudga kelayotganini aniqlagan. JSST epidemiya sabab koronavirus tarqalishini xalqaro darajadagi favqulodda holat deb topgan va virusga COVID-19 rasmiy nomini bergan.

Hozirgi vaqtga kelib Xitoy hududida 80 409 kishi kasallikni o‘ziga yuqtirib olgan bo‘lib, vafot etganlar soni Xitoyda 3012 kishini tashkil etmoqda. Kaliforniyada koronavirus sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi. O‘zbekistonda esa koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 21 | Добавил: Voybu | Теги: Indoneziya hukumati koronavirusga c | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |