Bu manzara Amerikaning Nyu-York shtatida kuzatildi. Mahalliy veterinarlarning gapiga qaraganda, shahardagi kalamushlarning aksariyati restoran, kafe, barlardan chiqarib tashlangan ovqat qoldiqlari evaziga yashardi. Koronavirus pandemiyasi boshlangach, barcha ovqatlanish shohobchalari yopildi. Demak, ovqat qoldiqlari ham yo'qqa chiqdi. Ochlikdan tajovuzkor va jahldor qiyofasiga kirgan kalamushlar ojiz, o'ziga nisbatan kuchsiz qondoshlarini yeyishga o'tdi.
— Ular o'z olamida sovuq urush harakatlarini boshladi, — deydi ratolog Bobbi Korrigan. — Zo'rlari ojiz qondoshlarni yeb bitirmoqda. Kalamushlar koronavirus kasofati tufayli kannibalga aylandi. Men odamlardan uylaridagi teshik-kovaklarni yaxshilab berkitishlarini maslahat beraman. Chunki bu kemiruvchilardan har narsani kutsa bo'ladi.
|