Главная » 2019 » Dekabr » 1 » Malayziyada timsoh plantatsiya ishchilaridan birini o'ldirib, murdasini yeb bitirdi…
2:51 PM
Malayziyada timsoh plantatsiya ishchilaridan birini o'ldirib, murdasini yeb bitirdi…
Shu yil 25 noyabr kuni Abdul Situdju ismli erkak dalada sabzavot yig'ayotgandi. Kutilmaganda yo'qolib qoldi. Oradan bir necha kun o'tgach, uning murdasi qoldiqlarini o'rmon xo'jaligi xodimlari topishdi.
— Bizning jamoa timsoh ovlash bilan shug'ullanadi, — deydi o'rmon xo'jaligi rahbari Zolkipli Muhammad Aton. — Plantatsiya hududi va daryoda ish olib boramiz. Odamxo'r timsohni xodimlardan biri ko'rib qolibdi. Darhol uni qidirishga tushdik. Erkakni xuddi o'sha timsoh yegani aniq…
Ekspertiza murda qoldiqlari haqiqatan Abdul Situdjuga tegishli ekanini isbotlab berdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2010-2016 yillar oralig'ida Malayziyada jami 27 kishi timsohlarga yem bo'lgan. Barchalarini uzunligi yetti metrgacha yetadigan alohida zotga tegishli timsohlar yegan.