Yakshanba, 2019-12-08, 0:39 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [133]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 668
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

12:35 PM
Moskvada komaga tushgan 22 yoshli o‘zbekistonlik talaba vafot etdi
Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining (RUDN) tibbiyot fakulteti talabasi, galoperidol dori vositasi ukolidan keyin komaga tushgan o‘zbekistonlik O‘lmasxon Baxronov Moskvadagi 67-shifoxonada vafot etdi. Bu haqda Facebook’dagi “Samarkand & Samarkand” guruhida O‘lmasxonning amakisi Farruhxon Shukrullayev ma’lum qilgan.

22 yoshli O‘lmasxon 13-noyabr kuni soat 20:45 da vafot etgan.

Amakisining ma’lum qilishicha, uning janozasi 15-noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Quyi Chordara” mahallasida bobosining uyida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq talaba noto‘g‘ri belgilangan dori vositasi sababli komaga tushgani ma’lum qilingandi. Yigit onasining ta’kidlashicha, shifokor O‘lmasxonni giyohvand modda qabul qilishda gumon qilib, unga galoperidol buyurgan. Vosita kiritilgandan keyin O‘lmasxonning yuragi to‘xtab qolgan.

Yigitning yuragini ishga tushirishga muvaffaq bo‘lingan, biroq bu orada uning miyasiga shikast yetgan va u 67-shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Yigitning yaqinlari bu holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazish talabi bilan Rossiya va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari va bosh prokuraturalariga murojaat qilgan.

Tashqi ishlar vazirligi 20-oktabr kuni O‘lmasxon Bahronov ishi bo‘yicha bayonot berib, mazkur masala O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining doimiy nazoratida turganini ma’lum qilgan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Voybu | Теги: Moskvada komaga tushgan 22 yoshli o | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |