Главная » 2019 » Dekabr » 22 » Murmanskda bir guruh o'smirlar politsiyachilarni shafqatsizlarcha kaltakladi…
8:11 PM
Murmanskda bir guruh o'smirlar politsiyachilarni shafqatsizlarcha kaltakladi…
Bu voqea 20 dekabr kuni Murmansk viloyatiga qarashli Apatitы shahrida sodir bo'ldi. Kechqurun yoshlar shahar madaniyat saroyi ro'parasida diskoteka uyushtirgan. Diskoteka tamom bo'lgach, bir guruh o'smirlar ketishni xohlamadi va madaniyat saroyi yonida qolishga qaror qilishdi. Saroy mutasaddilari esa darhol politsiyaga xabar berishdi. Politsiyachilar o'smirlarni tarqatish harakatiga tushdi. Lekin ular ketishdan bosh tortgan holda politsiyachilardan birini yerga yiqitib oldi-da, tepkilay ketdi. Yana bir necha politsiyachi ham mushtlar yomg'iri ostida qoldi. Oradan hech qancha o'tmay, bu yerga Rosgvardiya harbiylari yetib keldi. Jami to'qqiz nafar o'smir politsiya bo'limiga olib ketildi. O'smirlar tarafidan kaltaklangan politsiyachilarning biri miya chayqalish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizildi.
O'smirlar bilan politsiya bo'limida tarbiyaviy soat o'tkazildi va uy-uylariga qo'yib yuborildi. Bunga o'smirlarning ota-onalari tomonidan kerakli joyga shikoyat qilingani sabab bo'ldi. Aynan shuning uchun ham huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari bebosh o'smirlarga nisbatan jazo choralari ko'rishni istashmadi.