Chorshanba, 2020-04-08, 5:57 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [208]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 675
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 16
Mexmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0

8:42 PM
Nodira Qodirova ishi: to‘pponchadan qizning barmoq izlari topilmadi
Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan Nodira Qodirova ishi bo‘yicha jinoyat ishi ochilmasligi katta shubhalarni keltirib chiqarmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz”. Tergov xulosalarida qayd etilishicha, Qodirovaning o‘limida ishlatilgan Baretta rusumidagi qurolda barmoq izlari aniqlanmagan.

Ishga doir hujjatlarda Nodira Qodirovaning qo‘lida ham to‘pponchadan otilgan o‘qning qoldiqlari, zarrachalari aniqlanmagani qayd etilgan.

Jumhuriyat partiyasi vakili Alijon Uludog‘ bergan ma’lumotlarga qaraganda, to‘pponchadan otilgan o‘q Italiyada ishlab chiqarilgan bo‘lib, Baretta 92S rusumli yarimavtomat to‘pponchadan otilgan. Bu ma’lumotlar rasmiy bo‘lib, ular Anqara politsiya boshqarmasining Jinoyat ishlarini tekshirish bo‘limi Barmoq izlarini aniqlash byurosi hujjatlarida keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilning 23-sentabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar qiz Nodira Qodirova Turkiyaning Anqara shahrida deputat Shirin Unalning uyida vafot etgan edi. Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan Millat majlisi deputatligiga saylangan Shirin Unalning uyida xizmatchi bo‘lib ishlagan Qodirova vafoti bo‘yicha tergov harakatlari 5 oydan ortiq vaqt davom etdi.

Prokuratura Qodirovaning o‘limi jinoyat emasligi bo‘yicha xulosalarni berdi. Oxirgi natijalar esa jamoatchilik orasida ko‘plab e’tirozlar va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Voqea yuz bergan ilk daqiqalardanoq Shirin Unal va uning oilasi Nodira Qodirova o‘z joniga qasd qilganini ta’kidlab kelmoqda. Bu orada u marhumni psixlogik jihatdan nosog‘lomga, shuningdek, tarbiyasi buzuqqa chiqarishga urindi. Qodirovaning oila a’zolari, jumladan, voqea yuz bergan vaqtda Anqarada bo‘lgan akasi Muhammadali Qodirov esa singlisi o‘z joniga qasd qilmagani, balki o‘ldirilganini aytmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 16 | Добавил: Voybu | Теги: Nodira Qodirova ishi: to‘pponchadan | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |