Seshanba, 2021-09-21, 4:16 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 702
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

5:29 AM
“O'z bolasining qotili” degan isnoddan qo'rqib, murdani yerto'laga ko'mib ustini sementlagan otaga hukm o'qildi

Ota-ona farzandi dunyoga kelishi bilan uni parvarish qilib, katta qiladi, kasal bo'lsa, davolaydi, yediradi, kiydiradi, oq yuvib, oq taraydi. Jigarbandini hayotda kerakli barcha narsalar bilan ta'minlashga harakat qiladi. Ammo besh qo'l barobar bo'lmaganidek, hayotda  farzandining hayotiga zomin bo'lgan, guldek bolasining qotiliga aylangan insonlar ham uchrar ekan…

O'g'lining murdasini yerto'laga ko'mdi

Sudlanuvchi Mahmud Asrorov (ism-shariflar o'zgartirilgan) 2018 yilning 27 avgust kuni soat 18:30 larda o'zi istiqomat qiladigan Yashnobod tumanidagi xonadonida o'g'li Mirali Asrorovni spirtli ichimlik ichganlikda ayblab, uni uy hovlisiga olib chiqadi. Ketmon dastasi bilan bosh qismiga, so'ngra chap biqini – qovurg'a ustiga bir necha marotaba urib, qasddan o'ldiradi. Keyin jinoyat izini yo'qotish maqsadida 2018 yil 28 avgust kuni murdani o'z uyining yerto'lasiga ko'madi. 2018 yil oktyabr oyida, jinoyat fosh etilmasligi uchun murda ko'milgan joy ustini sement suvoq bilan qoplaydi. Marhumning singlisi Latofat Jumayeva akasi yo'qolganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganidan so'ng, 2019 yil oktyabr oyining oxirlarida qilgan jinoyati fosh bo'lmasligi maqsadida, uyda hech kim yo'qligidan foydalanib, yerto'lagi sement suvoqni ko'chiradi. O'g'li Mirali Asrorovning murdasini kavlab olib, uyining tom qismiga yashiradi. Oradan vaqt o'tib, 2020 yil 14 fevral kuni murdani qo'shnisining tom qismiga olib o'tib, yashiradi.

“Qizimning gapidan yuragimga g'ulg'ula tushdi…”

Sud majlisida sudlanuvchi Mahmud Asrorov o'z aybiga to'liq iqror bo'lib, quyidagicha ko'rgazma berdi:

– Rafiqam vafot etgandan keyin o'g'lim bilan birga yashay boshladik. Qizim Latofat Jumayeva turmushga chiqib ketgan. O'g'lim Mirali Asrorovni jahl ustida o'ldirib qo'yganimdan so'ng 103 ga qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldim. Ammo qilmishim fosh bo'lishidan qo'rqdim. Qarindosh-urug'larni yig'ib, maslahat qilmoqchi ham bo'ldim, lekin qo'ni-qo'shnilarni oldida sharmanda bo'lishni, o'z bolasini o'ldiribdi, degan isnodga qolishni istamadim. Shu tariqa bir soatcha o'ylanib o'tirib, 20 yil ilgari bedarak yo'qolib, topilmagan amakimning o'g'li esimga tushdi. O'g'limning murdasini ko'chaga biror joyga tashlab kelmoqchi bo'ldim, ammo kimdir ko'rib qolishidan xavotirlandim. Shundan keyin murdani uy yerto'lasiga ko'mdim. Hidi chiqmasligi uchun ustini sement bilan suvoq qildim. Qizim akasini so'raganda “G'azalkentga ishlashga ketdi”, deb aldadim. Oradan biroz vaqt o'tgach, Latofat yana akasini so'radi. Men uni “Mirali Rossiyaga ketganligi haqida kichkina qog'ozga yozib qoldirib ketibdi”, deb aldadim. 2019 yil may oyining o'rtalarida meni tuman ichki ishlar bo'limiga chaqirishdi. Borsam, qizim Latofat akasi bedarak yo'qolganligi yuzasidan ariza bergan ekan. IIB xodimi o'g'lim Miralining O'zbekistondan chiqmaganligini, chunki barcha chegara postlaridan ma'lumot olganligini aytib, uning qaerga ketishi mumkinligi haqida so'radi. Men xodimni chalg'itib, “Agar u Rossiyaga ketmagan bo'lsa, G'azalkentda ishlayotgan bo'lishi mumkin”, dedim. 2019 yilning oktyabr oyida Latofat uyga kelib, “Onam bilan akam tushimdan chiqmayapti. Akam yerto'laga o'xshagan qorong'i joydan chiqolmay, yig'layapti”, dedi. Latofatning bu gapidan yuragimga g'ulg'ula tushdi. O'g'lim ko'milgan joyni kavlab, murdani tortdim. Murda chirib ketganligi bois, oyoq qismi uzilib, tuproq tagida qoldi. Men uning gavda qismini tortib olib, oq selofan paketga o'rab, tomga olib chiqdim. Ertasi kuni yerto'lani kavlab, oyoq qismini ham topib, qolgan suyaklarga qo'shdim…

“Jazo tayinlashni sudga havola qilaman”

Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili sifatida Latofat Jumayeva quyidagilarni ma'lum qildi:

– Akam Mirali Asrorovni oxirgi marotaba 2018 yilning iyul oyida ko'rganimda uning ko'zi ko'kargan, yuzlari shilingan edi. “Yana ota-bola urishdinglarmi?” deb so'raganimda, akam “Sen-ku, erga tegib qutulding, kaltak mening boshimda sinyapti” dedi. “Nimaga unaqa deyapsiz?” desam, “Otamga biz kerak emasmiz, u xotin olib, xotin qo'yish bilan ovora…” dedi. Shunda otamning “Akang na o'zi uylanadi, na meni uylanishga qo'yadi, uni o'ldirib tinchiyman shekilli…” degan gapi esimga tushdi. Oradan bir oy o'tib, uyga borganimda otamdan akamning qaerdaligini so'radim. Avval G'azalkentga, keyin Rossiyaga ishlashga ketganini, qo'ng'iroq qilib turganini aytdi. Akamning telefon raqamini so'raganimda, “Telefonim suvga tushib ketdi, qarasam akangning raqami o'chibdi” dedi. Shundan keyin otamdan shubhalana boshladim… Ayni paytda otamga nisbatan da'vom yo'q, jazo tayinlash masalasini sudga havola qilaman.

Hukm o'qildi

Sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topildi. Unga nisbatan11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sherzod EShMATOV, jinoyat ishlari bo'yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi

Lola Shoimova, jurnalist

Просмотров: 36 | Добавил: Voybu | Теги: “O'z bolasining qotili” degan isnod, murdani yerto'laga ko'mib ustini se | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Mart 2021  »
DuSeChoPayJuShaYak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |