Dushanba, 2019-07-15, 9:34 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [24]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 643
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 33
Mexmonlar: 32
Foydalanuvchilar: 1
REMONTkl

1:02 PM
O'zbek mehnat muhojirlari Rossiyaga qaytmoqda
O'zbek muhojirlari Rossiya mehnat bozoriga qaytmoqda va o'z daromadini o'stirmoqda. Bu haqda «Minbar.uz» Rossiya Markaziy bankining so'nggi ma'lumotlari tayanib xabar qildi. 2019 yilning birinchi choragida O'zbekiston fuqarolari Rossiyadan O'zbekistonga $818 mln jo'natgan. O'tgan yilning xuddi shu davrida $726 mln jo'natilgan edi. Buning natijasida Rossiyadan pul jo'natmalar bo'yicha O'zbekiston MDH mamlakatlari ichida yetakchiligini mustahkamladi. O'zbekiston shuningdek Rossiyadan ko'proq pul yuborilayotgan kam sonli mamlakatlardan biriga aylandi. Bu O'zbekiston fuqarolari Rossiya mehnat bozoriga qaytayotgani va o'z daromadini o'stirayotganidan dalolat beradi. Tojik, qirg'iz va armanlar o'z vataniga o'tgan yilga nisbatan kamroq pul yuborgan. Mutaxassislarning fikricha, buning sababi tojik, qirg'iz va armanlar ko'proq Rossiya fuqaroligini olishga intilayotgani, oilasini ham Rossiyaga tortayotganidadir. Jami 2018 yilda Rossiyadan O'zbekistonga $4 mlrd pul jo'natilgan. Ushbu ko'rsatkichga ko'ra, O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi o'rinni (ikkinchi o'rinda Tojikiston – $2,5 mlrd) va barcha mamlakatlar orasida ikkinchi o'rinni (birinchi Shveysariya – $9,1 mlrd) egallab turibdi. O'tgan yillar bilan taqqoslaganda, Rossiyadan O'zbekistonga pul jo'natmalari miqdori ortib borayotganini ko'rish mumkin – 2017 yilda $3,9 mlrd, 2016 yilda – $2,7 mlrd, 2015 yilda – $3 mlrd. Eng katta ko'rsatkich Rossiya Qrimni qo'shib olishidan oldingi 2014 yilga to'g'ri keldi – 5,6 milliard dollar.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 44 | Добавил: Voybu | Теги: O'zbek mehnat muhojirlari Rossiyaga | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |