Shanba, 2019-12-07, 4:21 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [132]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 668
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0

6:57 PM
O'zbekistonda ikki nafar Tojikiston fuqarosi uzoq muddatga qamaldi
O'zbekistonga giyohvand moddasi olib kirib, uni sotishga uringan ikki nafar Tojikiston fuqarosiga sud hukmi o'qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qildi. Tojikiston fuqarolari – 34 yoshli I.U. va 36 yoshli K.D. O'zbekistonga 6 dona polietilen paketlarga qadoqlangan “OPIY” giyohvandlik vositasini olib kirgan. Ular joriy yilning 5 iyun kuni soat 01:30 da o'z mahsulotlarini Samarqand viloyati hududida 20 000 AQSh dollariga sotayotganlarida tezkor-tadbirda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (juda ko'p miqdorda giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish) va 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Dastlabki tergov jarayonida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan yuqoridagi moddalar bilan ayblov e'lon qilingan hamda “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Joriy yilning 5 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Urganch tuman sudining hukmiga ko'ra K.D. va I.U. O'zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, K.D.ga nisbatan 10 yil, I.U. ga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 17 | Добавил: Voybu | Теги: O'zbekistonda ikki nafar Tojikiston | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |