Juma, 2020-01-24, 9:06 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 16
Mexmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0

3:40 PM
O'zbekistonda ikkita yangi pullik tonnel quriladi
O'zbekiston Respublikasi prezidenti “Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorni imzoladi.

2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo'llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi”ga ko'ra, “Qamchiq» dovonida yangi pullik tonnel qurish mo'ljallanmoqda.

Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari – Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini o'rganib chiqish – 2020 yil mart, Jahon banki bilan kelishuv tuzish – 2020 yil aprel, DTIHni tayyorlash 2020 yil may, TIHni tayyorlash – 2020 yil oktyabr, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish – 2020 yil noyabr, konsepsiya va TIHni tasdiqlash – 2020 yil dekabr, tender hujjatlarini tayyorlash – 2021 yil aprel, tanlov oldi saralash jarayoni – 2021 yil avgust, takliflarni qabul qilish jarayoni – 2021 yil noyabr, tender g'olibi bilan kelishuv imzolash – 2022 yil mart. Mas'ul ijrochilar – Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Toshkent viloyati (R.Xolmatov), Namangan viloyati (X. Bozorov) hokimliklari.

Shuningdek, “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish ko'zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari – YeTTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish – 2020 yil yanvar, TIHni tayyorlash-2020 yil iyun, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish – 2020 yil iyul, konsepsiya va TIHni tasdiqlash – 2020 yil sentyabr, tender hujjatlarini tayyorlash – 2020 yil oktyabr, tanlov oldi saralash jarayoni – 2020 yil dekabr, takliflarni qabul qilish jarayoni – 2021 yil fevral, tender g'olibi bilan kelishuv imzolash – 2021 yil may. Mas'ul ijrochilar – Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (3. Mirzayev).

Bundan tashqari, Sirdaryo – Baxt shaharlarini aylanib o'tuvchi pullik avtomobil yo'lini qurish, Toshkent – Samarqand pullik avtomobil yo'lini qurish, Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo'lini qurish rejalashtirilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 24 | Добавил: Voybu | Теги: O'zbekistonda ikkita yangi pullik t | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |