Главная » 2019 » Dekabr » 21 » O'ZBEKISTONLIK 20 YoShLI YIGIT MOSKVADAGI QIZIL MAYDONDA OLAMDAN O'TDI. NEGA?..
2:53 PM
O'ZBEKISTONLIK 20 YoShLI YIGIT MOSKVADAGI QIZIL MAYDONDA OLAMDAN O'TDI. NEGA?..
So'nggi ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, o'zbekistonlik 20 yoshli Farrux ismli yigit Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Qizil maydonga hamyurtlari bilan borib konkida uchishni ixtiyor qilgandi. Ular konkini ijaraga olishgan. Afsuski, Farrux umri bino bo'lib konkida uchib ko'rmagan ekan. Tekis yerda yiqilib, orqa miyasi bilan muzga urildi. Harqalay, o'rnidan tura oldi. Birgalikda metroga tushib keta boshlashdi. Lekin metroga tushib ulgurmay o'zini yomon his qila boshladi. Darrov «Tez yordam» chaqirishdi. Nadomatlar bo'lsinki, oradan bir hafta o'tib Farrux miya shishishi tufayli olamdan o'tdi.
Hamyurtimizni Ollohning o'zi rahmatiga olgan bo'lsin!
Biz ham ijodiy jamoamiz nomidan Farruxning yaqinlariga sabr tilab qolamiz.