Payshanba, 2019-08-22, 8:21 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [40]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 657
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 25
Mexmonlar: 25
Foydalanuvchilar: 0

3:12 PM
O‘zbekistonda jurnalist va blogerlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi
Jurnalist va OAV uchun “O‘zbekistonda media erkinligini ta’minlash borasida jurnalistlarning huquqiy savodxonligini oshirish” loyihasi doirasida 24-iyul kuni Huquqiy klinika ochilishiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Huquqiy klinika “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan. Unga jurnalistlar, OAV xodimlari hamda blogerlar murojaat qilishi mumkin.

“Huquqiy klinika jurnalistlar uchun OAV xodimlarini himoyasiga ko‘maklashib, ularning huquqiy savodxonligini oshirib, o‘zlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun yuridik yordam berish muammosini hal qilishi kerak”, — deb ta’kidlagan “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” rahbari Saida Sulaymonova.

Huquqiy klinika jurnalistlar manfaatlarini sudlarda himoya qilmaydi, har qanday ko‘rinishdagi hujjatlar (xatlar, shartnomalar, e’tirozlar, da’vo va boshqa turdagi bayonotlar) tayyorlash bilan shug‘ullanmaydi, telefon orqali huquqiy maslahat bermaydi.

Ta’kidlanishicha, huquqiy maslahatlar faqat oldindan ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy qabulga kelganlarga, shuningdek klinikaning legalclinic.uz saytiga onlayn murojaat qilinganda beriladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 75 | Добавил: Voybu | Теги: O‘zbekistonda jurnalist va blogerla | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyul 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |