Yakshanba, 2020-07-05, 10:08 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [222]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 683
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 14
Mexmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0

10:56 AM
O‘zbekistonda maktablardagi yakuniy imtihonlar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda o‘tishi lozim bo‘lgan yakuniy imtihonlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Telegram’dagi kanalida ma'lum qilingan.

 

Karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota-onalarning iltimoslarini inobatga olib, bu o‘quv yili yakunidagi imtihonlar bekor qilinadi.

Maktablarga o‘quvchilarning yillik baholarini istisno tariqasida ushbu o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqarish tavsiya etiladi. Shu bilan birgalikda ‘kundalik.com’ tizimi joriy etilgan maktablarda karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizga rag‘batlantirish sifatida 4-chorakdagi faqat ijobiy baholarini ham yillik baholarini hisoblashda inobatga olish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida ‘onlayn-maktab’ orqali farzandlari bilan birga dars tayyorlagan barcha ota-onalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Sherzod Shermatov, xalq ta’limi vaziri

30-aprelda Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi maktablarda imtihonlar bekor qilingani haqidagi xabarlarni rad etgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan keyin barcha ta’lim muassasalari yopilgan. Maktab o‘quvchilari uchun bir qator telekanallarda videodarslar efirga uzatilmoqda. Karantin vaqtida teledarslar o‘tayotgan o‘qituvchilar Toshkentdagi Prezident maktabiga joylashtirilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Voybu | Теги: O‘zbekistonda maktablardagi yakuniy | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  May 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |