Dushanba, 2019-07-15, 9:29 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [24]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 643
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 36
Mexmonlar: 35
Foydalanuvchilar: 1
REMONTkl

7:41 PM
O‘zbekistonda olti yil ichida 4 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar quriladi
2020—2025-yillarda kompleks uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3993 ta ko‘p qavatli uy-joylarni qurish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Qurilish vazirining o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov ma’lumotiga tayanib Sputnik xabar qiladi.

“Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarida 16 qavatli, ko‘p kvartirali 468 ta uy, Nukus shahrida va viloyat markazlarida 12 qavatli 504 ta uy-joy qurilishi va tuman markazlarida 3021 ta to‘rt qavatli va undan yuqori uylarni qurish rejalashtirilgan”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Shuningdek, Hoshimovga ko‘ra, bugungi kunda “Toshkent-Siti” namunasida “Olmazor-Siti”, “Yunusobod-biznes Siti”, “Mirzo-Ulug‘bek-biznes Siti”lar, viloyatlarda ham shunday obyektlarni qurish, ya’ni “Nukus-Siti”, “Andijon-Siti”, “Buxoro-Siti”, “Qarshi-Siti”, “Namangan-Siti” va “Samarqand-Siti”larni barpo etish rejalashtirilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 52 | Добавил: Voybu | Теги: O‘zbekistonda olti yil ichida 4 min | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyun 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |