Shanba, 2019-12-07, 4:18 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [132]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 668
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0

3:05 PM
O‘zbekistonda totalizatorga ruxsat berilishi va VAR tizimi joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonun hujjati bilan O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:

bukmekerlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilishini;
bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan, Internet tarmog‘i provayderlarida xizmatlar ko‘rsatilishini tartibga solishni;
bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari daromadlarining bir qismini sport turlari, shu jumladan, futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltirishni;
bukmekerlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish mexanizmlarini joriy etilishini nazarda tutish belgilandi.
Shuningdek, qonun hujjati bilan A Pro-liga va V Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar ta’sischiligida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tuzilmalar ishtirokini to‘liq cheklash, superliga jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda adolat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida VAR (Video Assistant Referee, video yordamchi hakam) tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 16 | Добавил: Voybu | Теги: O‘zbekistonda totalizatorga ruxsat | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |